METODIST FAOLIYATIGA KREATIV YONDASHUV-DAVR TALABI

METODIST FAOLIYATIGA KREATIV YONDASHUV-DAVR TALABI

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta'lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga ko'tarish chora-tadbirlari to'g'risida” gi 2018 yil 14 avgustdagi PQ-3907-son, "Xalq ta'limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida” 2018 yil 5 sentyabrdagi PQ-3931-son qarorlarida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta'minlash, uzluksiz metodik xizmat ko'rsatish sifatini oshirish borasida joylardagi metodistlarning malakasini oshirish, Xalq ta'limi vazirligining 2019 yil 3 iyundagi 201-sonli buyrug'i, viloyat xalq ta'limi boshqarmasining 2019 yil 4 iyundagi 114-sonli buyrug'iga asosan 2019 yil 25 iyunda Navoiy shahridagi 11-DIUM da "Uzluksiz metodik xizmat ko'rsatish sifati va metodistlar malakasini oshirish” bo'yicha Respublika o'quv seminari o'tkazildi.
"Uzluksiz metodik xizmat ko'rsatish sifati va metodistlar malakasini oshirish” bo'yicha Respublika o'quv seminarini boshqarma boshlig'i o'rinbosari S.Oblaev ochib berdi. O'quv seminarida "Xalq ta'limi tizimida uzluksiz metodik xizmat ko'rsatish sifatini oshirish: tahlillar va dolzarb vazifalar (hudud ko'rsatkichlari asosida)” Respublika ta'lim markazi bo'lim boshlig'i F.Olimova taqdimot qildi va uzluksiz metodik xizmat ko'rsatish sifatini oshirish uchun aniq vazifalar belgilab berdi.
O'quv seminarida 75 nafar fan metodistlari ishtirok etishdi. Seminarda 4 ta sho''balarda o'quv-treninglar bo'lib o'tdi. 1-sho''bada "Xalq ta'limi tizimida metodik xizmat ko'rsatishning huquqiy-me'yoriy asoslarini takomillashtirish: metodist faoliyatiga kreativ yondashuvi - davr talabi” mavzusida Respublika ta'lim markazi bo'lim boshlig'i F.Olimova taqdimot qildi.
2-sho''bada "Tayanch maktabi orqali o'qituvi mahoratini rivojlantirish - ta'lim sifatini oshirishning samarali usuli” mavzusida Respublika ta'lim markazi metodisti R.Alimov taqdimot qildi.
3-sho''bada "O'quv-tarbiya jarayonini kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil qilish-zarurat: davlat ta'lim standarti, o'quv reja, dastur va darsliklar” mavzusida Respublika ta'lim markazi metodisti S.Kazakova taqdimot qildi.
4-sho''bada "Xalqaro baholash dasturlari tadqiqotlariga tayyorlanishda metodistning o'rni va vazifalari” mavzusida Respublika ta'lim markazi metodisti Z.Narziev taqdimot qildi.
"Uzluksiz metodik xizmat ko'rsatish sifati va metodistlar malakasini oshirish” bo'yicha Respublika o'quv seminarida viloyatdagi xalq ta'limi tizimida faoliyat ko'rsatayotgan barcha fan metodistlarining "on-layn” test natijalari asosida aniqlangan ehtiyoj va so'rovnomalarda bildirilgan takliflar asosida o'quv-seminari ishtirokchilariga uzluksiz metodik xizmat ko'rsatish bo'yicha ilmiy asoslangan ma'lumotlar berildi. o'quv seminari yakunida barcha seminar ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi. Mazkur seminar an'anaviy Avgust kengashlari oldidan yangi maqsad, yangi g'oyalarni o'z ichiga qamrab oldi.

Shahlo Raxmonova
Navoiy viloyati xalq ta'limi
boshqarmasi metodisti


O'xshash yangiliklar