XORIJIY TILLARNI O'QITISHNING ZAMONAVIY USULLARI

XORIJIY TILLARNI O'QITISHNING ZAMONAVIY USULLARI

                       "Xorijiy tillarni Umumevropa kompetensiyasi tizimi talablari asosida o'qitishning zamonaviy uslublarini o'rgatish”
     O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi "Chet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-1875-sonli, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 25 martdagi 67-sonli "Umumta'lim muassasalari chet tillari o'qituvchilari malakasini va kasb mahoratini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida xalq ta'limi tizimidagi umumiy o'rta ta'lim muassasalari chet tili o'qituvchilari orasidan yuksak kasb mahoratiga ega, ilg'or, tashabbuskor va ijodkor o'qituvchilarni aniqlash, kasbiy mahoratining ro'yobga chiqishiga ko'maklashish va qo'llab-quvvatlash, rag'batlantirish, aniqlangan ilg'or ish tajribalarni ommalashtirish hamda Xalq ta'limi vazirligining 2017 yil 29 maydagi 183-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida "Yilning eng yaxshi chet tili o'qituvchisi”ko'rik-tanlovi respublika bosqichi g'oliblari Buyuk Britaniyaning Norvich til ta'lim institutida ikki haftalik xorijiy stajirovkada bo'lgan ingliz tili fani o'qituvchilarining xorijiy tillarni umumevropa kompetensiyalari asosida o'qitishning zamonaviy uslublarini o'rgatish yuzasidan egallagan bilim, ko'nikma va malakalarni boshqa chet tili o'qituvchilariga etkazish hamda ular bilan o'rtoqlashish maqsadida Navoiy shahar 11-davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktabida 2018 yil 23 fevralь kuni Buxoro, Navoiy, Samarqand viloyayatlarining ingliz tildi o'qituvchilari uchun hududiy seminar o'tkazildi. Seminarda Navoiy shahar 11-davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktabi ingliz tili o'qituvchisi D.Jumaeva, Samarqand viloyati Narpay tumani 47-maktabning ingliz tili fani o'qituvchisi M.Norova, Buxoro viloyati Buxoro shahar 17-maktabning ingliz tili fani o'qituvchisi M.Xolboevalar tomonidan tilni o'rgatishda o'qish, yozish, eshitish va gapirish ko'nikmalarni rivojlantirish uchun dars jarayonlarda foydalanish usullari, darslarda interaktiv usullar yordamida mashg'ulot etaplariga e'tibor bergan holda dars jarayonlarini tashkil etish usullari, til o'rgatishda baholash mezonlariga amal qilish usullari kabi metodlardan foydalanildi.
                                                                                        Xorijiy tillar metodisti: G.Sag'dullaeva

O'xshash yangiliklar