VAZIRLAR MAHKAMASINING 610-SONLI QARORI AMALDA

VAZIRLAR MAHKAMASINING 610-SONLI QARORI AMALDA

    O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 avgustdagi "Ta'lim muassasalarida chet tillarini o'qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 610-son qarori asosida tashkil etilishi rejalashtirilgan chet tilini bilish darajasi to'g'risidagi davlat namunasidagi A2 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatiga ega bo'lgan umumiy o'rta ta'lim muassasalari bitiruvchilariga o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining saralash test sinovlari ro'yxatiga chet tili (ingliz, nemis va fransuz) fani kiritilgan o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalariga kirishda chet tili fanidan belgilangan maksimal ball berish va ularni chet tili fanidan test sinovidan ozod etishni, chet tilini bilish darajasi to'g'risidagi davlat namunasidagi V1 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatiga ega bo'lgan abiturientlarga oliy ta'lim muassasalari bakalavriatining kirish test sinovlari majmuasiga chet tili (ingliz, nemis va fransuz) fani kiritilgan yo'nalishlarda chet tili fanidan belgilangan maksimal ball berish va ularni chet tili fanidan test sinovidan ozod etishni, chet tilini bilish darajasi to'g'risidagi davlat namunasidagi V2 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatiga ega bo'lgan abiturientlarga oliy ta'lim muassasalari magistraturasining kirish test sinovlari majmuasiga chet tili (ingliz, nemis va fransuz) fani kiritilgan yo'nalishlarda chet tili fanidan belgilangan maksimal ball berish va ularni chet tili fanidan test sinovidan ozod etishni, chet tilini bilish darajasi to'g'risidagi davlat namunasidagi V2 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatiga ega bo'lgan umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari pedagoglarini attestasiya jarayonida malaka sinovi uchun belgilangan maksimal ball bilan baholash va sinovdan ozod etishni inobatga olib, shuningdek 2018 yil "Faol tadbirkorlik, innovasion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash” yili davlat dasturi doirasi Zarafshon shahar 13-davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktabi jamoasi joriy yilning 13 mart kuni "Tayanch maktablarida ingliz tilini o'qitilishida innovasion texnologiyalar va g'oyalarning roli” mavzusida o'quv-amaliy seminar tashkil etildi.
Mazkur seminarda tashkil etilgan (ona tili, biologiya, odobnoma, rasm, matematika kabi bir nechta fanlar) darslar fan o'qituvchilari tomonidan ingliz tilida olib borildi. Seminarda ishtirok etgan o'qituvchilarda katta taassurot qoldirdi.
                                                                                        VXTB metodisti Sag'dullaeva Gulmira Murodillaevna

O'xshash yangiliklar

Шарҳ қолдириш

    • bowtiesmilelaughingblushsmileyrelaxedsmirk
      heart_eyeskissing_heartkissing_closed_eyesflushedrelievedsatisfiedgrin
      winkstuck_out_tongue_winking_eyestuck_out_tongue_closed_eyesgrinningkissingstuck_out_tonguesleeping
      worriedfrowninganguishedopen_mouthgrimacingconfusedhushed
      expressionlessunamusedsweat_smilesweatdisappointed_relievedwearypensive
      disappointedconfoundedfearfulcold_sweatperseverecrysob
      joyastonishedscreamtired_faceangryragetriumph
      sleepyyummasksunglassesdizzy_faceimpsmiling_imp
      neutral_faceno_mouthinnocent
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив