TEZKOR KOMPYUTER YARATILDI

TEZKOR KOMPYUTER YARATILDI

17 yil 20 mart kuni Intel kompaniyasi PCI Express formatidagi 375 Gblik DC P4800X server xotirasini taqdim etgan edi. Endi ishlab chiqaruvchi o'zining yangi mahsuloti — shaxsiy kompьyuter uchun kesh-xotira Optane bilan mijozlarini xursand qilmoqda.

Intel 16 va 32 Gblik xotira modullarini namoyish etdi. Ular ma'lumotlarni keshlashda qo'llanilgani bois, tizimning ishlashini tezlashtiradi. Bu to'plagichlar faqatgina 7-avlod Intel prosessorlari bilan ishlaydi. Optane Memory kesh xotiralari bir kunda 100 Gb axborot yozishga mo'ljallangan.

Ishlab chiqaruvchilarning faxr bilan aytishlaricha, 7-avlod Intel Core Kaby Lake prosessorlari negizida ishlovchi tizimga o'rnatilgan Intel Optane dasturlar yuklanish tezligini 2 karra oshiradi, shaxsiy kompьyuterning umumiy samaradorligini 28 foizga kuchaytirish imkonini beradi. Microsoft Outlook dasturi deyarli 6 marta, Chrome brauzeri 5 marta, o'yinlar 67 foiz tezroq ishga tushadi.
 
manbaa: kun.uz

O'xshash yangiliklar