UMID NIHOLLARI 2018

UMID NIHOLLARI 2018

     O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi PQ-3031-son qarori bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturida hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 29 iyundagi "O'quvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz respublika sport musobaqalarini o'tkazish to'g'risida”gi 181-sonli qarori, Xalq ta'limi vazirligining 2017 yil                  22 sentyabrdagi 304-sonli buyrug'i hamda O'zbekiston "Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashining 2017 yil 27 sentyabrdagi 05/5-62 sonli buyrug'i asosida respublikamizning barcha viloyatlarida "Umid nihollari” musobaqalari o'tkazilib kelinmoqda. Viloyat xalq ta'limi boshqarmasining 2017 yil 27 sentyabrdagi 226-sonli buyrug'i asosida "Umid nihollari” sport musobaqalari viloyatimizda ham ko'tarinki ruhda o'tkazilmoqda. Umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilari o'rtasida o'tkazilayotgan "Umid nihollari” sport musobaqalarining maktab, tuman(shahar) bosqichlarida g'oliblikni qo'lga kiritgan o'quvchilar sportning 21 ta olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha viloyat bosqichida bahslashadilar. Bu yilgi sport musobaqalari dasturiga qo'shimcha ravishda sportning 4 ta (kurash, belbog'li kurash, o'zbek jang san'ati va "Turon” yakkakurashi) milliy sport turlari kiritildi.
      Musobaqalarning barcha bosqichlarini yuqori saviyada o'tkazish, iqtidorli o'quvchilarni saralab olish, jamoalarni bosqichma-bosqich munosib tayyorlash maqsadida musobaqa Nizomiga asosan  I bosqichi maktablarda sinflar o'rtasida 2017 yilning sentyabr-oktyabr oylarida, II bosqichi tuman(shahar) bosqichi kuzgi va qishki ta'til vaqtida o'tkazildi.
  III bosqich viloyat bosqichi "Umid nihollari-2018” sport musobaqalari  2018 yil 22 mart kuni boshlandi.
      Joriy yilning 22 mart kuni Navoiy olimpiya zahiralari kolejida "Umid nihollari-2018” sport musobaqalarining viloyat bosqichi ochilish tadbirlari o'tkazildi. Musobaqaning ochilish tadbirlarida viloyatimizning barcha tuman(shahar) jamoalaridan o'quvchi-sportchilar ishtirok etdi. Tadbirni viloyat hokimligining "Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar kotibiyati" bosh mutaxassisi A.Latipov ochib berdi. Viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i Sh.Narzieva, 
Viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi boshlig'i N.Ulug'berdiev musobaqa ishtirokchilariga omad tiladi va musobaqalarga start berildi.
    
  Musobaqalarda sport turlari bo'yicha eng yaxshi natija ko'rsatgan jamoalar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.
Musobaqalar joriy yilning 30 mart kuniga qadar davom etadi.

Normamat Ochilov
O'zbekiston "Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati
Mintaqaviy bo'limi raisi o'rinbosari

O'xshash yangiliklar