ILLATLARGA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAYLIK

ILLATLARGA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAYLIK

  Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Yashnobod tumanidagi "Barkamol avlod” bolalar markazida "Illatlarga qarshi birgalikda kurashaylik” mavzusida insholar tanlovi o`tkazildi. Mazkur tadbir o`quvchilarda sog`lom turmush tarzi ko`nikmalarini shakllantirish va ularning ijodiy salohiyatlarini rivojlantirish hamda ular o`rtasida giyohvandlik va toksik moddalar iste’mol qilinishining oldini olish, OITS kasalligining salbiy oqibatlari haqida targ`ibot-tashviqot ishlarini olib borish maqsadida tashkil etildi. TanlovningI-II bosqichlarida respublikamizda mavjud 211 ta tumandan jami 2 mln.dan ortiq umumta’lim maktablari o`quvchilari faol ishtirok etdi. IIIbosqichda 14 ta hududdan 485 nafar o`quvchi qatnashdi va respublika bosqichida ishtirok etish yo`llanmasini jami 28 nafar o`quvchi qo`lga kiritdi. Tanlovning respublika bosqichida o`quvchilar tasviriy san’at yo`nalishi bo`yicha Ijodiy ishni yaratishda guash, akvarel, pastel, gel ruchkalar, qalamlar, gravyura, kollaj, ko`mir, shuningdek, vitraj texnikasidan ham foydalangan bo`lsa, Mohir qo`llar (handmade) yo`nalishlarida ijodiy ish ko`lami chegaralanmagan holda, ishlar va kompozitsiyalar yaratishda eski texnika turidan, xususan, har qanday maishiy chiqindilar, plastilin, toshlar, loy, xamir, plastik va tabiiy materiallardan foydalangan holda bajardi. Shuningdek, tanlovda ishtirokchilar tomonidan 3 ta tayyor ijodiy ish taqdim qilindi va 1 ta ijodiy ish hakamlar hay’ati oldida 45 daqiqa davomida mustaqil chizib berildi. Tanlov yakuniga ko`ra, tasviriy san’at yo`nalishi bo`yicha: 1-o`rinni Toshkent viloyati, Parkent tumani o`quvchisi Samandar Abduvahidov egalladi, 2-o`ringa Navoiy viloyati Uchquduq tumani o`quvchisi Murodjon Qurbonov, 3-o`ringa esa Toshkent shahar Shayxontohur tumani o`quvchisi Sevara Sultonova sazovor bo`ldi. Mohir qo`llar yo`nalishi bo`yicha: 1-o`rinni Samarqand viloyati,Jonboy tumani o`quvchisi Dildora Rahmatova, 2-o`rinni Sirdaryo viloyati o`quvchisi Jahongir Bobomurodov, 3-o`rinni Surxondaryo viloyati Muzrabod tumani o`quvchisi Bibisora Donayeva egalladi. G`oliblar O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining diplomi va qimmatbaho sovg`alari, xalqaro hamkorlarning esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi.
uzedu.uz

O'xshash yangiliklar