INTELLEKTUAL O'QUV XONASI OCHILDI

INTELLEKTUAL O'QUV XONASI OCHILDI

2017 yil 25 mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida yangi «Intellektual o'quv xonasi» ochildi.
«Intellektual o'quv xonasi» (SmartClassroom) tizimi ZTE korporasiyasi tomonidan yaratilgan. Ushbu tizim bir tomonlama singdirish usulidan shaxsga yo'naltirilgan tadqiqotli o'qish usuliga o'tish imkonini beradi, bu esa talabalar bilim olishining motivasiyasini kuchaytirib, ularning salohiyatini ochilishiga yordam beradi, ta'lim olish jarayoni qiziqroq kechadi. Masofaviy ta'lim tizimi talabalarga intellektual o'quv xonasidan chiqmasdan, masofadan ta'lim olishga, hamda horijiy universitetlar professor-o'qituvchilari bilan aloqalar o'rnatishga imkon beradi. Har bir dars serverga yozilib boriladi, bu esa talabalar va o'qituvchilarga har qanday qurilmadan foydalangan holda ma'ruzani ko'rib chiqish imkoniyatini yaratadi. ZTE mulьtimedia tizimi kompaniyaning noyob dasturiy ta'minotini ishlatib, elektron displey, elektron doska va planshetlardan foydalanib, talabalar iqtidori rivojini kuzatishga, hamda talabalar bilimlarini o'quv mashg'uloti vaqtida va undan keyin ham baholash uchun har bir talabaga alohida test yoki butun guruhni test nazoratidan o'tkazib, tekshirishga yordam beradi. Elektron kutubxona imkoniyatlari tufayli talabalar kitoblardan masofadan turib foydalanishlari mumkin. Bu o'z navbatida o'quv qo'llanmalarining taqsimlanishini ancha tezlashtiradi.
 
Manbaa:infosec.uz

O'xshash yangiliklar