FAN OLIMPIADASI G'OLIBLARI TAQDIRLANDI

FAN OLIMPIADASI G'OLIBLARI TAQDIRLANDI

 
Karmana tuman xalq ta'limi bo'limi, umumiy o'rta ta'lim maktablarining 9-, 10-, 11-sinf o'quvchilari o'rtasida umumta'lim fanlari olimpiadasining ikkinchi bosqichini tashkil etish bo'yicha viloyat xalq ta'limi boshqarmasining 2019 yil 20 dekabrdagi 252-sonli buyrug'iga ijrosini ta'minlash maqsadida Karmana tumanida olimpiada g'oliblari taqdirlandi.
2020 yilning 7-8 yanvar kunlari tumandagi 3-umumiy o'rta ta'lim maktabida 16 ta fandan (birinchi kuni yozma ish, og'zaki sinov, ikkinchi kuni test sinovi shaklida) 2009 yil 2 iyundagi 1962-sonli "Akademik liseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta'lim maktablari o'quvchilarining umumta'lim fanlari bo'yicha respublika olimpiadalarini o'tkazish va xalqaro fan olimpiadalari ishtirokchilarini tanlash to'g'risidagi Nizom” asosida ikkinchi saralash bosqichi o'tkazildi. Ikkinchi saralash bosqichida "Fan olimpiadasi”da 9-sinf o'quvchilari bo'yicha 419 nafar, 10-sinf o'quvchilari bo'yicha 293 nafar, 11-sinf o'quvchilari bo'yicha 285 nafar o'quvchi ishtirok etib, shundan 75 nafar o'quvchi 76 va undan yuqori ballarni to'plab viloyat bosqichiga qatnashish imkoniyatini qo'lga kiritdi. G'olib o'quvchilar joriy yilning 25 yanvar kuni jami 75 nafar o'quvchiga xalq ta'limi bo'limining 1-2-3 darajali diplom va esdalik sovg'alari topshirildi. 
9-sinflar bo'yicha jami 28 nafar o'quvchi
1-o'rin 13 nafar 2-o'rin 9 nafar 3-o'rin 6 nafar o'quvchi
10-sinflar bo'yicha jami 21 nafar o'quvchi o'quvchi
1-o'rin 9 nafar 2-o'rin 6 nafar 3-o'rin 6 nafar o'quvchi
11-sinflar bo'yicha jami 26 nafar o'quvchi o'quvchi
1-o'rin 11 nafar 2-o'rin 8 nafar 3-o'rin 7 nafar o'quvchilar taqdirlandi.

O'xshash yangiliklar