TA'LIM FIDOYILARI E'ZOZDA

TA'LIM FIDOYILARI E'ZOZDA

 
Joriy yilning 29 yanvar kuni Navoiy viloyat hokimligi tantanalar qabul uyida viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi umumta'lim maktablari bir guruh fidoiy o'qituvchilarini tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Taqdirlash marosimini viloyat hokimi K.Tursunov kirish so'zi bilan ochib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 24 yanvar kuni Parlamentga murojaati yuzasidan o'z fikr va mulohazalarini bildirib o'tdi. 
Viloyat hokimi 2020 yil yurtimizda "Ilm ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e'lon qilingani, ilm ma'rifat va raqamli iqtsodiyotni rivojlantirish, bu borada amalga oshirish lozim bo'lgan tizimli ishlar haqida to'xtalar ekan, davlatimiz rahbari tomonidan aniq vazifalar belgilab berilganligini alohida ta'kidlab o'tdi. 
Samimiy ruhda o'tkazilgan muloqotda ta'lim sohasida mehnat qilib kelayotgan ustoz va murabbiylar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Parlamentga qilgan murojaati yuzasidan o'z munosabatlarini bildirib o'tdilar.
Shuningdek, ta'lim sohasini rivojlantirishda o'zining munosib hissasini qo'shgan, amalga oshirib kelayotgan faoliyati e'tirof etilgan viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi umumta'lim maktablarida mehnat qilib kelayotgan 49 nafar pedagog xodimlar "Xalq ta'limi a'lochisi” ko'krak nishoni, 29 nafar pedagog xodimlar Xalq ta'limi vazirining faxriy yorliklari, 6 nafar pedagog xodimlar viloyat hokimining tashakkurnomalari va qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlandilar.
Ushbu mukofotlar ustozlarimizni ta'lim sifatini oshirishdagi ishlariga yanada kuch bag'ishladi.
 



O'xshash yangiliklar