TA'LIM FIDOYILARIGA SHARAF!

TA'LIM FIDOYILARIGA SHARAF!

2019 yilning 29 aprel kuni "O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida” O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori qabul qilingan. Unda o'qituvchi kasbining maqomi va obro'sini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar belgilandi. Jumladan, qarorda xalq ta'limi tizimida faoliyat yuritayotgan soha xodimlarini davlat va tarmoq mukofotlari bilan taqdirlab borish ko'zda tutilgan.
Joriy yilning 5 fevral kuni bir guruh pedagog xodimlarga "Xalq ta'limi fidoyisi” ko'krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.
   Taqdirlash marosimi Toshkent shahri, Uchtepa tumanidagi 238-maktabda o'tkazildi. O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov "Xalq ta'limi fidoyisi” ko'krak nishonini o'qituvchilarga shaxsan o'zi topshirdi. Jami 69 nafar o'qituvchi "Xalq ta'limi fidoyisi” ko'krak nishoniga sazovor bo'ldi. 
Mazkur o'qituvchilar xalq ta'limi sohasida barkamol avlodni voyaga etkazish, yoshlarni vatanparvarlik va istiqlol g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida fidokorona mehnatlari hamda soha rivojiga munosib hissa qo'shganlari uchun taqdirlandi.
   Navoiy viloyatidan 6 nafar pedagoglar "Xalq ta'limi fidoyisi” ko'krak nishoniga sazovor bo'ldi: Adirov Ziyod Xasanovich, Nurota tumani 20-maktab matematika fani o'qituvchisi Turakulova Nuriya Buranovna Konimex tumani 2-umumiy o'rta ta'lim maktabi texnologiya fani o'qituvchisi Shukurova Maxbuba Mustafoevna Navbahor tumani 1-umumiy o'rta ta'lim maktabi biologiya fani o'qituvchisi Xudoynazarov Alisher Toshmamatovich Xatirchi tumani 20-umumiy o'rta ta'lim maktabi rus tili va adabiyoti fani o'qituvchisi Jorasbaeva Kanzada Mirzamuratovna Uchquduq tumani 9-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari Mir Siddiq Qurbon Ali Mir Xaydar o'g'li Karmana tumani 15-umumiy o'rta ta'lim maktabi ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi 
Ko'krak nishoni bilan birga mukofotlangan pedagoglar bazaviy hisoblash miqdorining to'rt baravari miqdorida bir yo'la to'lanadigan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
   Xalq ta'limi tizimining barcha yo'nalishlarida keng ko'lamli islohotlar olib borilmoqda, — deydi Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov. — Islohotlarning asosiy yo'nalishi bu o'qituvchilarning jamiyatdagi mavqei va obro'sini oshirishdir. Bugungi tadbirdagidek o'qituvchilarga e'tibor qaratilsa, ularning mehnati qadrlansa, ular ham yosh avlodga yaxshi bilim beradi va o'z ustida ishlashni davom ettiradi. Shuningdek, o'qituvchiga ko'rsatilgan ehtirom sohaga kuchli bilimga ega yoshlarni ham jalb etish imkoniyatini yaratadi. 
   Xalq ta'limi vazirligining navbatdagi hay'at yig'ilishida o'tgan o'quv yilida ta'lim tarbiya sifati bo'yicha olib borilgan ishlar sarhisob qilindi. Yangi e'lon qilingan barcha ko'rsatkichlar bo'yicha 2019 yil reyting natijalari yakunlariga ko'ra 200 ta tuman va shaharlar ichida Navoiy shahar xalq ta'limi bo'limi va maktablari faxrli 1-o'rinni, Zarafshon shahri esa faxrli 2-o'rinni qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar