LABORANTLAR ISHTIROKIDA TRENING TASHKIL ETILDI

LABORANTLAR ISHTIROKIDA TRENING TASHKIL ETILDI

   Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida joriy yilning 5-6-fevral kunlari "Kimyo, biologiya, fizika fanlarida o‘quv laboratoriya jihozlaridan samarali foydalanish hamda ularni saqlash” to‘g‘risida o‘quv mashg’ulotlari tashkil etildi. Tasarrufdagi barcha umumta’lim maktablarining kimyo, biologiya va fizika fanlarining ilg‘or fan o‘qituvchilari, laborantlar ishtirokida trening tashkil etildi hamda laborantlarning ish hujjatlari bo‘yicha taqdimotlar, kimyo, fizika, biologiya fanlaridan tajribalar o‘tkazildi. Laboratoriya mashg’ulotlari to’g’risida tayorlangan videoroliklar, videodarslar bazasi yaratildi hamda barcha umumta’lim maktablarining laborantlariga yetkazildi.

O'xshash yangiliklar