ALISHER NAVOIY-O'ZBEK TILI ASOSCHISI

ALISHER NAVOIY-O'ZBEK TILI ASOSCHISI

   Joriy yilning 7 fevral kuni Navoiy shahar "Barkamol avlod” bolalar markazida viloyat Prokuraturasi, viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi hamkorligida Navoiy shahar Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi munosabati bilan "Alisher Navoiy-o'zbek adabiy tilining asoschisi” shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etilib, o'tkazildi.
   Mazkur tadbirda viloyat prokurori o'rinbosari Jovliev Faxriddin Rajabovich, viloyat hokimi o'rinbosari Soliev Faxriddin Baxromovich, Navoiy shahar Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari hamda pedagogik jamoasi ishtirok etdi.
   Tadbirni viloyat prokurori o'rinbosari F.Jovliev kirish so'zi bilan ochib, Alisher Navoiy hayoti va ijodi uning inson hayotidagi o'rni, bu borada yoshlar tarbiyasida alohida ahamiyatga ega bo'lgan hikmatli so'zlari haqida batafsil to'xtalib o'tdi.
   Ma'naviy-ma'rifiy tadbir Navoiy shahar Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining Navoiy asarlaridan sahnalashtirilgan chiqishlari, viloyat Madaniyat boshqarmasi ijodiy jamoasining konsert dasturi bilan davom etdi.
   Alisher Navoiy hayoti va ijodini yoshlar ongiga singdirish va keng targ'ib etish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbir viloyat teleradiokampaniyasi tomonidan tasvirga olindi.

O'xshash yangiliklar