INNOVATSION G'OYALAR -BIZNI IJODGA BOSHLAR

INNOVATSION G'OYALAR -BIZNI IJODGA BOSHLAR

    O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi to'g'risida”gi PF-4947-sonli Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 24 oktyabrdagi 868-sonli "Umumiy o'rta ta'lim muassasalarning 10-11-sinflari o'quvchilariga kasbiy ta'lim berishga ixtisoslashgan o'quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori hamda "2018 yil – Faol tadbirkorlik, innovasion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili” Davlat dasturining ijrosini ta'minlash yuzasidan viloyat xalq ta'limi tizimida innovasion g'oyalar va texnologiyalarni joriy etish maqsadida viloyatdagi ta'lim muassasalarda tashkil etilgan o'quv-ishlab chiqarish majmualarida kasbiy ta'lim olib kelayotgan umumiy o'rta ta'lim maktablarning 10-sinf o'quvchilari ishtirokida "Kasbim-mahoratim” mavzusida Ko'rgazmalar Festivalini 2018 yil aprelь-may oylarida o'tkazish rejalashtirilgan.
   Mazkur rejaga asosan joriy yilning 18 aprel kuni Navoiy shahridagi 10-umumta'lim maktabida "Kasbim-maxoratim” Ko'rgazmalar Festivali ko'taringi ruhda o'tkazildi. Festivalda Navoiy shahridagi 19 ta umumta'lim maktablarining 9-10-sinf o'quvchilar tomonidan innovasion g'oyalar asosida yaratilgan ijodiy ishlar ko'rgazmasi bo'lib o'tdi.
   KO'RGAZMALAR FESTIVALida "Eng yaxshi ixtiro”, "Eng yaxshi duradgor”, "Eng yaxshi ijodiy-innovasion g'oya”, "Eng yaxshi tikuvchi”, "Eng yaxshi sartarosh”, "Eng yaxshi naqqosh”, "Eng yaxshi dasturchi” kabi yo'nalishlarda o'quvchilar o'z ijodlaridan namunalar namoyish etdilar. O'quvchilari faol ishtirok etgan maktablar "Eng faol tikuvchi qizlar jamoasi”, "Eng ijodkor maktab”, "Eng iqtidorli jamoa”, "Eng yaxshi kashfiyotchi”, "Eng yaxshi ixtiro” nominasiyalarni qo'lga kiritishdi.
Bunday ijodiy tadbirlar o'quvchilar ongida kasbiy ta'lim to'g'risidagi bilimlarni hamda kasblar to'g'risidagi ma'lumotlar bazasini boyishiga xizmat qiladi.


Navoiy viloyat xalq ta'limi
boshqarmasi metodisti Sayoxat Qo'zieva


O'xshash yangiliklar