YURAK-YASHASH ZAVQI BILAN BAND

YURAK-YASHASH ZAVQI BILAN BAND

   O'quvchi-yoshlarni ijtimoiy-psixologik muammolarini ilmiy-amaliy tadqiq va tahlil qilish, maktab amaliyotchi psixologlari va psixolog-metodistlarning kasbiy salohiyatini yanada oshirish, maktab o'quvchilaridagi stress va tushkunlik holatlarini oldini olish hamda xalq ta'limi tizimidagi o'quvchi-yoshlar muammolarini bartaraf etish, innovasion amaliy loyihalar, psixodiagnostik, korreksion, rivojlantiruvchi dastur va metodikalarni ishlab chiqish yuzasidan samarali amaliy tadbirlarni tashkil etish maqsadida Navoiy shahar xalq ta'limi bo'limi tasarrufidagi 12-Davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktabida joriy yilning 14 aprelь kuni "Yurak yashash zavqi bilan band” mavzusida Aksiyaning o'tkazilishi maktab psixologlarining o'z ustida yanada samarali ishlashlariga sabab bo'ldi.
Aksiyada maktabning 5-10-sinf o'quvchilari innovasion g'oyalar bilan faol ishtiroki barcha shahar, tumanlardan kelgan maktab amaliyotchi psixologlar va Navoiy Davlat pedagogika instituti "Pedagogika va psixologiya” fakultetining 4-kurs bitiruvchilarida katta taassurot qoldirdi.
O'tkazilgan Aksiya o'quvchilardagi stress va tushkunlik holatlarini oldini olish hamda hayotning go'zalligini anglashga, hayotning har lahzasi qadrli ekanligi, shukronalik tuyg'ularini kamol toptirish maqsadida xizmat qiladi.

O'xshash yangiliklar