TASHABBUSDAN RUHLANIB

TASHABBUSDAN RUHLANIB

   Davlatimiz rahbarining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaati mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, maʼnaviy muhitni yaxshilash, jamiyat aʼzolari barcha qatlamini ijtimoiy himoya qilish, inson omiliga alohida eʼtibor qaratish, raqamli iqtisodiyotni takomillashtirish, yoshlarni sportga qiziqtirish orqali mamlakatning reytingini oshirish kabi muhim masalalarni qamrab olgan. Xalqaro tadqiqot muassasalari   tomonidan Oʻzbekiston iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgan va xavfsiz turizm mamlakati deb eʼtirof etildi. Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus mamlakatning oltin fondi hisoblangan yosh avlod tarbiyasi va maʼnaviyati, shuningdek millat genofondi sohibalari xotin-qizlar hayoti, turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan. Tashabbus doirasida keng qamrovli targʻibot tadbirlari, ijodiy festivallar, konkurslar oʻtkazilib, ijobiy natijalar bermoqda. Viloyatimiz taʼlim muassasalarida ham oʻquvchi yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish borasida namunali ishlar olib borilmoqda. Navoiy shahar XTBga qarashli 13-umumiy taʼlim maktabida "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti murojaatlari amalda" mavzusida festival boʻlib oʻtdi. Festivaldan koʻzda tutilgan maqsad: oʻquvchi yoshlar tarbiyasidagi boʼshliqlarni toʻldirish, boʼsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishni tashkil etish, qizlarni kasbga yoʻnaltirish, ijtimoiy moslashuvlarini muvofiqlashtirish, sportni ommalashtirish, kitobxonlik targʻibotini kuchaytirih, milliy madaniyat va sanʼatga yaqinlikni shakllantirish. Bundan tashqari, yoshlar tarbiyasida jamoatchilik nazorati, oʻzaro hamkorlikni yoʼlga qoʻyish, psixologik yondashuv borasida ham zarur jihatlar eʼtiborga olindi. 
   Festivalni viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi N.Ulugʻberdiyev ochib berib, globallashuv jarayonida taʼlim va tarbiyaning uygʻunligini taʼminlash, darslarda pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish, bolalar ruhiyatining nozik qirralariga maksimal eʼtibor qaratish xususida gapirib oʻtdi. Shundan soʼng viloyat hokimining oʻrinbosari F.Soliyev, "Gʻalaba" MFY raisi Oʼ. Shomurodov, shahar 4-sonli IIB boshligʻi A.Sodiqovlar soʼzga chiqib, oʼz fikrlarini bildirishdi. Tadbirda jamoatchilik vakillari, ruhshunoslar, ota-onalar ishtirok etdi. Koʼrgazmali chiqishlar qatnashchilarga maʼqul boʻldi.

O'xshash yangiliklar