SHAXMAT - AQL CHARXI!

SHAXMAT - AQL CHARXI!

   Navoiy shaxridagi "Yoshlar” markazida joriy yilning 27 fevralь kuni umumta'lim maktablarining o'quvchilari o'rtasida "Yoshlar shaxmat taxtasi” respublika turnirining viloyat bosqichi 7, 9, 11, 13, 15, 17 yosh toifasida o'tkazildi. Xatirchi tumanidan yosh toifalari bo'yicha 10 nafar o'quvchilar; M.Jololov va H.Xolmamatovalar 7 yoshlilar o'rtasida, Sh.Bashriddinov va N.Qodirovalar 9 yoshlilar o'rtasida, M.Boboqandova 11 yosh toifasida, I.Xolmamatov va Z.Rustamovalar 13 yoshlilar o'rtasida, B.Boboqulov va R.Bashriddinovalar 15 yoshlilar o'rtasida, M.Chorieva 17 yosh toifasida hamda Qiziltepa tumani jamoasidan S.Mustafoev 11 yosh toifasida va Navbahor tumani jamoasidan Sh.Usmonov 17 yosh toifasida o'quvchilar o'rtasida bo'lib o'tgan musobaqada I o'rinni qo'lga kiritdilar.
   Umumjamoa sifatida Xatirchi tuman jamoasi I o'rinni, Navoiy shahar jamoasi II o'rinni, Karmana tuman jamoasi III o'rinni egalladi. 
Musobaqada g'olib bo'lgan o'quvchilar va jamoalar diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

O'xshash yangiliklar