SALOMATLIK - TUMAN BOYLIK

SALOMATLIK - TUMAN BOYLIK

 
   Navoiy viloyati barcha tuman (shahar) umumiy oʻrta taʼlim maktablarida viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi, viloyat Sanitariya va epidemiologiya osoyishtaligi markazi, viloyat Monopoliyaga qarshi kurashish boshqarmalari hamkorligida tasdiqlangan jadvalga muvofiq, joriy yilning 25 fevralidan 5 martiga qadar seminarlar boʻlib oʻtmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 maydagi "Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 132-sonli qarori va uning ijrosini taʼminlash yuzasidan Xalq taʼlimi vazirligining 2019 yil 5 noyabrdagi "Umumtaʼlim maktablarida tibbiy xizmat koʻrsatish holatini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 56-sonli buyrugʻi ijrosini sifatli taʼminlash maqsadida oʻtkazilayotgan mazkur seminarlar oziq-ovqat xavfsizligi, toʻgʻri ovqatlanishni tashkil etishning eng muhim jihatlari toʻgʻrisida oʻquvchilarga maʼlumotlar taqdim etayotgani bilan ham ahamiyatlidir.SALOMATLIK - TUMAN BOYLIK
 

O'xshash yangiliklar