5 TASHABBUS NAVRO'ZDA

5 TASHABBUS NAVRO'ZDA

   O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi PF-5924-son Farmoni, Xalq ta'limi vazirining 2020 yil 13 fevraldagi 47-sonli buyruqlari ijrosini ta'minlash hamda o'quvchi –yoshlarning madaniy saviyasini yuksaltirish, ularni milliy va umumbashariy madaniyatining eng yaxshi namunalaridan bahramand etish, jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, kompyuter texnologiyalari va dasturlash asoslarini o'rgatish, kitobxonlik va kitob targ'ibotini kuchaytirish, qizlarni ijtimoiy faol hayotga jalb etish bo'yicha tashkil etilgan darsdan tashqari turli to'garaklar, seksiyalar va klublar faoliyatini yanada kuchaytirish maqsadida 2020 yil 29 fevral kuni Navoiy shahar Barkamol avlod bolalar markazida umumta'lim maktablarining "Vatanni madh etish oliy saodat” shiori ostida xor jamoalari ijrosi festivali hamda "Yoshlik raqsi” ko'rik tanlovi o'tkazildi. Tanlov hamda festivalda 300 dan ortiq iqtidorli o'quvchilar ishtirok etdi. 

O'xshash yangiliklar