“IJODKOR BOLALAR” FESTIVALI

“IJODKOR BOLALAR” FESTIVALI

 

         O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar  ma’naviyatni yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Navoiy viloyati xalq ta’limi boshqarmasining 2019 yil 3-apreldagi 63-sonli buyrug‘i asosida "Barkamol avlod” bolalar markazlarining to‘garak a’zolari o‘rtasida  2019 yilning 12-iyun kuni "Ijodkor bolalar” festivali o‘tkazildi.

Festivalning maqsadi maktabdan tashqari ta’limga qo‘yilgan davlat talablari asosida to‘garak a’zolarining ijodiy qobilyatlarini aniqlash, o‘quvchilar o‘rtasida tajriba almashishni tashkil etish, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ish jarayonida qo‘llashni o‘rgatish, ularda kasb tayyorgarligining dastlabki o‘quv va kunikmalarini singdirish, bolalarning ehtiyojlari va qiziqishlariga muvofiq badiiy, texnik, o‘lkashunoslik va ekologiya yo‘nalishlarida qiziqishlarini yanada oshirishdan iboratdir.

        Festivalning viloyat bosqichida barcha tuman, shahar "Barkamol avlod” bolalar markazlaridan 66 nafar iqtidorli to‘garak a’zolari ishtirok etdilar. Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan to‘garak a’zolari joriy yilning 27-28 iyun kunlari festivalning Respublika bosqichida faol ishtirok etdilar.

 Respublika bosqichining "YOg‘och o‘ymakorligi” yo‘nalishida ishtirok etgan Navbahor tumani "Barkamol avlod” bolalar markazining "YOg‘och o‘ymakorligi” to‘garagi a’zosi Haydarov Umidjon munosib ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni egalladi. U.Haydarov Navbahor tumanidagi 28-maktabning 9-sinfida o‘qiydi.

O'xshash yangiliklar