TA'LIM SIFATIGA E'TIBOR

TA'LIM SIFATIGA E'TIBOR

   Keyingi yillarda ta'lim sifatiga umumdavlat ishi darajasida e'tibor qaratilsoqda. Maorif sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar samarasi natijasida yosh yurtdoshlarimiz xalqaro miqyosdagi olimpiadalarda nufuzli o'rinlarga sazovor bo'lishmoqda va yurtimiz sharafini ulug'lashmoqda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 7 avgustdagi "Ayrim fanlar yauqur o'rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to'g'risida"gi 173-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan Navoiy shahar matematika, fizika va ingliz tili fanlariga ixtisoslashtirilgan maktab-internatda hududiy seminar bo'lib o'tdi. "Ixtisoslashtirilgan maktablarda innovasion ta'lim texnologiyalaridan foydalanish usullari va metodlariga yangicha yondashuv” mavzusida bo'lib o'tgan mazkur seminardan kutilgan maqsad, fanlarni o'qitishda yuqori kasb mahoratiga ega bo'lgan, har-bir o'quvchi bilan individual ishlaydigan, zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari, mulьtimedia vositalaridan samarali va unumli foydalanadigan o'qituvchilarning ish uslubini ommalashtirish, shuningdek, ta'lim muassasasining moddiy-texnik bazasi, yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirish. O'quv seminarida viloyatdagi 15 ta ayrim fanlar chuqur o'qitiladigan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari hamda ta'lim sifati past bo'lgan umumiy o'rta ta'lim maktablarining direktorlari, o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari hamda matematika, fizika, ingliz tili va informatika fani o'qituvchilari ishtirok etdi.
   Seminarning ochilish qismida viloyat hokimi K.Tursunov maktab-internati direktoriga xizmat mashinasi sifatida "Jentra Lassetti” avtomashinasining kalitini sovg'a qildi

O'xshash yangiliklar