AYOLNI E'ZOZLANG

AYOLNI E'ZOZLANG

   Dunyo beshigini tebratayotgan muhtarama ayollarimizni ko'klamning eng dilbar bayramlaridan bo'lgan 8 mart – Xalqaro Xotin-qizlar bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etamiz. Vatanga mard, shijoatli, fidoyi, daho farzandlarni etkazib berayotgan go'zal ayollarimizning quyosh balqib turgan zebo yuzlaridan kulgi arimasligi, yurak taftlari so'nmasligi, aziz farzandlari ardog'ida bo'lishini istab qolamiz.
   Sen kulib turibsan, har qanday shoir,
   Ko'zlaring nurida erib ketadi.
   Hofizi Sheroziy tirilib hozir,
   Xolingga dunyoni berib ketadi.
   Noto'kis olamning to'kis va tugal
   Ijodi sendirsan, mo''jiziy tal'at.
   Seni paydo etib buncha mukammal,
   Hayron qolmasmikan o'zi tabiat...

   Ayollarimiz bugungi kunda jamiyatning barcha jabhalarida o'z aql-zakovotlari, farosatlari, davlat boshqaruvidagi iste'dodlarini namoyon etib, turli darajadagi yuksak lavozimlarda faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Ma'rifat ziyosi bilan dunyoga zeb berayotgan xotin-qizlarimizga mustahkam sog'lik, to'kis baxt, oilaviy saodat tilab qolamiz!
 
 
Navoiy viloyati Xalq ta'limi boshqarmasi jamoasi

O'xshash yangiliklar