NOVATORLIK G'OYALARIGA YO'L

NOVATORLIK G'OYALARIGA YO'L

    O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirining 2018 yil 5 apreldagi xalq ta'limi tizimida "Yilning eng yaxshi fan o'qituvchisi” respublika tanlovini o'tkazish to'g'risida buyrug'ining ijrosi yuzasidan Navoiy viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig'ining 2018 yil 6 apreldagi buyrug'iga asosan joriy yilning 1 may sanasida mazkur ko'rik-tanlovning viloyat bosqichini o'tkazish bo'yicha chora –tadbir rejasi ishlab chiqildi va barcha fan yo'nalishlaridan respublika tanlovning barcha tuman, shahar bosqichi g'oliblari o'rtasida eng yaxshi fan o'qituvchilarni saralashdek muhim vazifalar belgilandi.
  Ko'rik tanlovning o'tkazish tartibi boshqa yildagidan farqli o'laroq, o'qituvchilar orasidan o'z fanining eng iqtidorlilari bo'libgina qolmay, o'z faoliyatida rivojlanish, yangilikka intiluvchi, faniga oid bo'lgan muammolarga echim topishdek dolzarb masalalarni o'z oldiga qo'ya oladigan va dadil olg'a etaklovchi o'qituvchilar ajralib chiqishi ko'zda tutilmoqda. Fikrimizning dalili sifatida Xalq ta'limi vazirining 2018 yil 5 apreldagi "Yilning eng yaxshi fan o'qituvchisi” respublika tanlovini o'tkazish tartibi to'g'risida” Nizomida belgilangan II shart hisoblanadi. Unda belgilanishicha ishtirokchilar 10 daqiqa davomida "Fanning o'qitilishdagi mavjud muammolar va ularning echimlari to'g'risida” o'z loyiha va takliflari yuzasidan taqdimot o'tkazish ko'zda tutilgan. Shuningdek, viloyat bosqichining 3 turidan muvaffaqiyatli o'tgan barcha ishtirokchilar onlayn tartibda kompyuterda belgilangan reja asosida test sinovidan o'tishi ko'zda tutilgan bo'lib, unda ishtirokchilar javoblari oqilona va adolatli baholanishi kafolatlangan.
   Xalq ta'limi vazirligi tomonidan 2018 yil 5 apreldagi Qarori ijrosiga qo'yilgan barcha talablar viloyat xalq ta'limi boshqarmasi mas'ul ishchi guruh tomonidan to'liq amalga oshirish – viloyat bosqichining Nizomda belgilangan tartibda o'tkazilishining tashkiliy vazifalari belgilab olindi va bunda viloyat halq ta'limi tasarrufidagi barcha ta'lim muassasalari birdek mas'ulligi ko'zda tutilgan. Mazkur tanlov viloyatimizda barcha tur g'oliblari uchun 1-4 may kunlari bo'lib o'tadi.
  Shunday ekan, bugungi kunda eng ilg'or, novator pedagoglarimizga respublika tanlovining viloyat bosqichida ulkan muvoffaqiyatlar tilab qolamiz.

VXTB rus tili va adabiyoti fani metodisti G. Kenjaeva 

O'xshash yangiliklar