HASHAR-ELGA YARASHAR

HASHAR-ELGA YARASHAR

  Uch ming yillik tarixga ega bo'lgan "Navro'z” umumxalq bayramini milliy o'ziga xos tarzda pokizalik, sarishtalik bilan o'tkazish, shuningdek, 2020 yil "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturida nazarda tutilgan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida, 14 mart kuni Navoiy viloyat xalq ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi umumta'lim maktablarida "Obod yurt” umumxalq xayriya xashari o'tkazildi. Umumxalq xayriya hashari barcha ta'lim muassasalarida soat 8-00 da uyushqoqlik va ko'tarinki kayfiyatda boshlandi. Hasharida ko'ngilli ishchi guruhlari tuzilib, ta'lim muassasalarida faoliyat yuritib, bugungi kunda nafaqa gashtini surayotgan faxriy pedagoglarning xonadonlarini obodonlashtirishga yaqindan amaliy yordam ko'rsatildi. Xayriya hasharida jami 20196 nafar ko'ngillilar ishtirok etib, umumta'lim maktablarida 33346 (o'ttiz uch ming qirq olti dona) manzarali va mevali daraxtlar, 26688 (yigirma olti ming olti yuz sakson sakkiz dona) gul ko'chatlari ekilib, mevali va manzarali daraxtlarga shakl berilib, oqlandi. Shuningdek, umumta'lim maktablari hududidagi 97 gektar er maydonlari obodonlashtirildi, 18.2 tonna maishiy hamda qurilish chiqindilari maxsus joylarga chiqarib tashlandi. Er maydonlarini sug'orish uchun mo'ljallangan 22.2 km masofadagi ariq va lotoklar turli chiqindilardan tozalandi. Ta'lim muassasalarida o'tkazilgan umumxalq xayriya xashariga yordamchi kuch sifatida jami 21 dona texnika vositalari jalb etildi. 15 mart kuni o'tkazilgan umumxalq xayriya hasharida jami 14328 nafar hasharchilar ishtirok etib, umumta'lim maktablarida 29298 (yigirma to'qqiz ming ikki yuz to'qson sakkiz dona) manzarali va mevali daraxtlar, 19343 (o'n to'qqiz ming qirq uch dona) gul ko'chatlari ekilib, mevali va manzarali daraxtlarga shakl berilib, oqlandi, 53 gektar er maydonlari obodonlashtirildi, 8.2 tonna maishiy hamda qurilish chiqindilari maxsus joylarga chiqarib tashlandi. Er maydonlarini sug'orish uchun mo'ljallangan 5.1 km masofadagi ariq va lotoklar turli chiqindilardan tozalandi. Ta'lim muassasalarida o'tkazilgan umumxalq xayriya xashariga yordamchi kuch sifatida jami 8 dona texnika vositalari jalb etildi. "Obodlik ko'ngildan boshlanadi”, deganlaridek, viloyatdagi barcha hududlarda insonlar ruhiyatidagi ko'tarinkilik, zavqu shavq, minnatdorlik hislarini shukronalikning belgisi sifatida ko'rish mumkin. Ko'klam tarovati dillarga ko'chganligi ona-Vatanning barcha go'shalarida yashayotgan yoshu keksalar harakatida yaqqol sezilmoqda.

O'xshash yangiliklar