VIJDON AMRI YOXUD MUROJAAT

VIJDON AMRI YOXUD MUROJAAT

   Assalomu alaykum aziz vatandoshlar! Muqaddas jannatmakon yurt farzandlari!
   Bugun insoniyat boshiga misli ko‘rilmagan sinovli kunlar tushdi. Bu kunlar ko‘plarda umidsizlik hissini uyg‘otgan bo‘lsa, bizda yurtboshimiz rahnamoligida yangi eshiklar qulfini ochdi. Bu kunlar biz uchun yaxshilik urug‘ini sochdi. Mana bir necha kunlarki yurt qayg‘usin o‘ylab yurtboshimiz bedor o‘tkazgan tunlar O‘zbekistonga xavfli virus – tojli infeksiyaning kirib kelishi bilanoq Prezidentimiz aytganlaridek azmu shijoat, metin iroda, fidokorona mehnat, juda kuchli aql-zakovat bilan belgilangan chora-tadbirlar samarasi, natijasida biz bugungi hayotga ertangi kun nazari bilan qarayapmiz, yashayapmiz. Vatanimizga pandemiyaning kirib kelishi bilan yurtimiz rahbari karantin e'lon qilib, kechiktirib bo‘lmaydigan qator farmon, qarorlar qabul qilib, ularni jadallik bilan hayotga tatbiq etishga bosh-qosh bo‘ldi. Ko‘p marotaba mas'ullar bilan o‘tkazilayotgan selektor yig‘ilish jarayonlarini televideniye orqali ko‘rganimda ko‘zimga yosh qalqib keladi. Chunki, xalqi, farzandlari uchun qayg‘uradigan shijoatli, jonkuyar yurtboshimiz borligi biz yurtdoshlar uchun ishonch, faxr tuyg‘ularining jo‘sh urib turishidir. Ayni vaqtda xorijiy yurtlar bizga havas bilan boqmoqda. Chunki, bizning yurtimizda hech kim mehr va e'tibordan chetda qolgan emas, qolmaydi. Men bugun yoshlar ta'lim olayotgan dargohning rahbari, qolaversa, xalq ishonch bildirib saylagan shahar Kengashi deputati sifatida qanday hissa qo‘sha oldim, deya vijdon amri oldida javobgarlik hissini tuydim. Shifokorlarga tahsin, harbiylarga olqishlar, sanitariya epidemiologik osoyishtaligi xodimlariga ming tasannolar aytsak ham kam.
   Vatandoshlarim qalban birga bo‘lib bu sinovli kunlarni yengib o‘tamiz. Ollohning har bir bergan kunida hikmat bor. Balkim, bu biz uchun uyda qolib o‘z matonatimizni, mahoratimizni, samimiy mehrimizni namoyish etadigan kunlar bo‘lsa, ne ajab.
Men targ‘ibotchi pedagog, el ishongan deputat, 2-umumta'lim maktabi rahbari sifatida yurtboshim, xalqim oldida 2100 nafar o‘quvchi, ularning ota-onalari, 200 dan oshiq pedagoglar nomidan, qolaversa, siz ardoqlagan ziyolilar nomidan yurtboshimizga qanot bo‘lib turgan barcha fidoiylarga sog‘lik-salomatlik, umri uzoqlik tilab yurtimizga ko‘z tegmasligini duolarimda so‘rab qolaman. 
Keling aziz vatandoshim, daxldorlik tuyg‘usi bilan "Ertangi kun – insonga berilgan yangi bir imkoniyat” shiori ostida birlashaylik.
O‘zingizni, siz uchun qadrli bo‘lgan yaqinlaringizni asrang! Uyda qoling.
Zarafshon shahridagi 2-umumta`lim maktab direktori Sh.Qodirova

O'xshash yangiliklar