ORASTA QIZLAR KO'RIK TANLOVI

ORASTA QIZLAR KO'RIK TANLOVI

Xalq ta'limi vazirligining 2017 yil 1 fevraldagi 37-sonli buyrug'ining ijrosini ta'minlash maqsadida xalq ta'limi tizimidagi umumta'lim maktablari o'quvchi-qizlari o'rtasida "Orasta qizlar” ko'rik-tanlovining viloyat bosqichi joriy yilning 7 aprel kuni Navoiy shahridagi 8-musiqa maktabida bo'lib o'tdi. Tadbirda tuman (shahar) bosqichida qatnashib, g'oliblikni qo'lga kiritgan 10 nafar 8-9-sinf o'quvchi qizlari ishtirok etdilar.
Ishtirokchilarga viloyat xotin-qizlar qo'mitasi bosh mutaxassisi D.G'afforova, "Kamolot" yoshlar YoIH to'garak rahbari H. Gapparova, VXTB ta'lim markazi metodisti L.Fayzieva, 8-musiqa va san'at maktabi o'qituvchisi D.Nurmatovalar hakamlik qildilar.
Ishtirokchilar 3 ta shart bo'yicha bellashdilar: tanishtiruv shartida har bir ishtirokchi 5 daqiqa davomida maktabning odob-axloq qoidalariga rioya etishga bo'lgan munosabatini namunaviy ko'rinishlar orqali aks ettirdilar hamda odob-axloq va sog'lom turmush tarziga oid o'zi yaratgan ijod namunalarining ko'rgazmasini namoyish etdilar. 2-shart savol-javob sharti bo'lib, har bir ishtirokchi 2 daqiqa davomida 3tadan savolga javob berib, o'zlarining ma'naviy-ma'rifiy, tibbiy va ekologik yo'nalishdagi bilimlarini namoyish etishdi. 3-shartda qizlar 3-shart erkin mavzuda har bir ishtirokchi o'zining qiziqishlaridan kelib chiqib qobiliyat va iste'dodini namoyish etdilar. Tanlovda Qiziltepa tumanidagi 13-maktab 9-sinf o'quvchisi Tolibova Feruzabonu G'olibbek qizi 71 ball bilan g'olib bo'lib, "Orasta qizlar” ko'rik-tanlovining respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Ma'naviyat va sport ishlari bo'limi boshlig'i: A.Xoliqov

O'xshash yangiliklar