MUNOSABAT

MUNOSABAT

   Navoiy viloyati xalq ta'limi boshqarmasining Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Otabek Nuritdinov va Otabek Xamidovlarning "Endi Navoiy viloyati XTB boshlig‘i IIVni sudga berarmikan, ushbu qo‘lga tushgan maktab direktori haqida ijtimoiy tarmoqqa chiqargani uchun?...” nomli postiga 
MUNOSABATI
   O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirining 2019 yil 28 dekabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tizimidagi umumta'lim muassasalari hamda "Mehribonlik” uylari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 406-sonli buyrug‘iga asosan xalq ta'limi muassasalarida "kotiba - ish yurituvchi” lavozim shtat birliklari qisqartirilib, "kadrlar bo‘yicha menejer (inspektor)” lavozimini joriy etish belgilangan. Mazkur buyruqqa asosan muassasa rahbari ish beruvchi sifatida "kotiba-ish yurituvchi” bilan tuzilgan mehnat shartnomasi belgilangan tartibda bekor qilib, "kadrlar bo‘yicha menejer” lavozimiga xodim ishga qabul qilishi belgilangan bo‘lib, ishga qabul qilish Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan berilgan yo‘llanma asosida qabul qilinishi lozim.
   Bugungi kunda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev tomonidan jamiyatda o‘qituvchi maqomini oshirish, ta'lim sifatini ko‘tarish, tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlarning qonuniy haq-huquqlarini ta'minlash, shu bilan bir qatorda, mavjud muammo va kamchiliklar, xususan, korrupsiya va majburiy mehnatga jalb qilish holatlarining oldini olish yuzasidan berayotgan topshiriqlari Navoiy viloyati xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining xalq ta'limi tizimidagi rahbar-xodimlar bilan o‘tkazgan yig‘ilishlarda ko‘p bora ta'kidlanib kelingan. Shu jumladan, Xatirchi tumani xalq ta'limi tizimi rahbar-xodimlari bilan 2019-2020 o‘quv yilida ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va ta'lim sifatini oshirish yuzasidan 2019 yilning 18-sentyabr va 27-noyabr kunlari, 2020 yilning 11-fevral hamda 13-mart kunlari o‘tkazilgan yig‘ilishlar davomida O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 3-yanvardagi "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-sonli Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2-fevraldagi PQ-2752-son Qarorlari yuzasidan keng tushuntirishlar olib borilib, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik haqida, firibgarlik, tovlamachilik yoki ishonchni suiste'mol qilish, o‘z xizmat vakolatidan foydalanib noqonuniy hatti-harakatlarni sodir etmaslik yuzasidan muntazam ko‘rsatmalar berilgan bo‘lib, qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan rahbarlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinib, ularga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilishi to‘g‘risida ogohlantirilib, kafolat xatlari olingan.
Xatirchi tumani xalq ta'limi bo‘limi tasarrufidagi umumta'lim maktabi direktori lavozimida ishlab kelgan O.U. tomonidan joriy yilning 8-may kuni "kadrlar bo‘yicha menejer” lavozimiga ishga qabul qilish evaziga fuqaro A.K.dan ta'magirlik yo‘li bilan pora sifatida 1.200.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini talab qilib, mazkur pullarni olayotgan vaqtida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti Navoiy viloyati Xatirchi tumani bo‘limi xodimlari tomonidan qo‘lga olinib, O.U.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov-surishturuv ishlari davom etmoqda.
   Mazkur holat boshqarma tomonidan zudlik bilan belgilangan tartibda o‘rganib chiqilib, xizmat vazifalarini bajarishda qonun buzilishi holatiga yo‘l qo‘yganligi uchun O.U. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi joriy yilning 12-may kuni boshqarma boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga asosan bekor qilindi.
Kelgusida tizimda shu va boshqa turdagi qonun buzilishi holatlarining oldini olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilib boriladi.
Navoiy viloyati xalq ta'limi boshqarmasi 
Matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar