USTOZLARIMIZ IBRATI

USTOZLARIMIZ IBRATI

   Tadqiqot.uz xalqaro ilmiy jurnallar portali tomonidan tashkil etilgan "O‘zbekistonda ilmiy-amaliy tadqiqotlar” mavzusidagi 15-ko‘p tarmoqli, ilmiy-masofaviy konferensiyada Navoiy shahar 11-AFChO‘IM ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari Komila Radjabova, Sohiba Ravshanova hamda 18-umumiy o‘rta ta'lim maktabining o‘qituvchilari Gavhar Xo‘jayeva va Dilafro‘z Xo‘jayevalar o‘z ilmiy-metodik maqolalari bilan ishtirok etib, maxsus sertifikat bilan taqdirlanishdi.
   Shuningdek, 11-AFChO‘IM ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari K. Radjabova hamda S. Ravshanovalar O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Farg‘ona mintaqaviy filiali tomonidan ta'sis etilgan "Oriental Art and Culture” ilmiy-metodik jurnalining "O‘zbekistonda ilm-fan va ta'lim” mavzusidagi ko‘p tarmoqli, ilmiy-masofaviy, onlayn konferensiyasida ham o‘z metodik maqolalari bilan faol qatnashib, maxsus sertifikatni qo‘lga kiritishdi. Shuningdek, Tomdi tumanidagi 18-umumta'lim maktab o‘qituvchisi Manira Beknazarova Oila davrasi kanali tomonidan tashkil etilgan tanlovda ishtirok etib, tashakkurnoma sohibasi bo‘ldi. 
   Shahrimiz va tumandosh fidoyi pedagoglarning yutuqlari bardavom bo‘lsin.

O'xshash yangiliklar