O'QUV SEMINAR BO'LIB O'TDI

O'QUV SEMINAR BO'LIB O'TDI

    Komillikka intiladigan barkamol avlod egalarini tarbiyalash mustaqil fikrlashga o'rgatish, bilim samaradorligini oshirish, hamda ustoz murabbiylarning kasbiy mahoratlarini oshirib borish maqsadida Konimex tumani Madaniyat ovulidagi 18-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Ta'lim jarayonida tabiiy fanlarning tutgan o'rni va ahamiyati” mavzusida amaliy–o'quv seminari o'tkazildi. Maktab faeysi o'quvchilarning qo'lda yasalgan buyumlari, chizilgan ko'rgazmalari, jonli tabiat burchagi bilan bezatilgan bo'lib, hovlisida milliylikni aks ettiruvchi o'tov qurilgan.
   Seminar yuqori sinf o'quvchilarinig musiqali chiqishlari bilan boshlandi, tashrif buyurgan Madaniyat ovulidagi oqsaqollar so'zga chiqib, maktabda o'quvchilarning bilim olishlari uchun hamma sharoit yaratilganligi, sinflar texnika vositalari, ko'rgazmali qurollar bilan ta'minlanganligi haqida gapirib bunday yaxshi sharoitlarda faqat a'lo baholarda o'qib yurtimiz kelajagini yuksaklar ko'tarishda muvoffaqiyatlar tiladi.
   Maktabning ilg'or va ijodkor o'qituvchilari jumladan: A.Kushakbaev, A.Nasilloev, Sh.Murodovalar yangi interfaol usullardan, innovasion g'oyalardan foydalanib mahorat darslarini o'tdilar. Maktabning barcha o'quvchilari ishtirokida "Qushlar bizning do'stimiz” "Vooks are proof that humans can Work magis!” mavzusida badiiy kecha o'tkazildi. Badiiy kechada ingliz tili o'qituvchisi Murodova Shahlo boshchiligida o'quvchilari ishtirokida ingliz tilida "Oppoqoy” ertagi namoyish etildi. O'quvchilar berilgan rollarini ingliz tilida mahorat bilan ijro etdilar. Seminar qatnashchilari tashkil etilgan mahorat darslarini, tadbirlarni kuzatib katta ta'surotlar bilan qaytdilar. Seminarni tashkil etgan maktab rahbari Gavhar Srekbaeva hamda makatab ma'muriyatiga mnnatdorchiligimizni bildirib, o'quvchilarni bilim berishdagi mashaqqatli mehnatida muvoffaqiyat tilaymiz.

       Metodik xizmat bo'limi metodisti M.Ostonova

O'xshash yangiliklar