''SIRDARYOLIK YOSHLARGA KITOB SOVG'A QILAMAN'' AKSIYASI

''SIRDARYOLIK YOSHLARGA KITOB SOVG'A QILAMAN'' AKSIYASI

   Barchamizga ma’lumki, xalqimizda kitob azaldan juda e’zozlangan. Insoniyat egallagan ilmlarni o‘zida mujassam etgan noyob durdonalar ko‘zqorachig‘idek ehtiyot qilingan. Qirq yil hukmronlik qilgan daho munajjim Mirzo Ulug‘bek qattol vaziyat hukmiga ko‘ra saroyni tark etayotganida xazinalar orasidan faqat kitoblarnigina olib chiqib ketganida ham teran hikmat bor. Qolaversa, muhtaram yurtboshimiz tomonidan ham aholi o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish bo‘yicha bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
   Sirdaryo viloyatida joriy yilning 1-may kuni yuz bergan favqulodda holat natijasida 16 ta ta’lim muassasasi jiddiy zarar ko‘rgan bo‘lib, ushbu ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlarini ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va ularga beg‘araz amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Navoiy viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan "Sirdaryolik yoshlarga kitob sovg‘a qilaman” aksiyasi e’lon qilinadi.
2020-yil 1-iyundan 1-iyulga qadar tashkil etiladigan aksiyada pedagog xodimlar, o‘quvchi-yoshlar va ularning ota-onalari hamda keng jamoatchilik vakillari karantin qoidalariga qat‘iy rioya qilgan holda ixtiyoriy ravishda ishtirok etishlari mumkin. Bu bilan ular kelajagimizning egalari bo‘lgan yosh avlodning ma’naviy yetuk, barkamol bo‘lib ulg‘ayishlarida hissa qo‘shgan bo‘ladilar. 
   Ishonamizki, ma’rifiy saxovatdan hech kim chetda qolmaydi.
Tuman va shaharlarda aksiya o‘tkaziladigan umumta’lim maktablari ro‘yxati ilova qilinadi.
Murojaat uchun telefon raqamlar : +998907317790, +998934317515

O'xshash yangiliklar