YORQIN ISTE’DOD EGALARI

YORQIN ISTE’DOD EGALARI

   Covid-19 virusi sababli yuzaga kelgan pandemiya sharoitida e’lon qilingan karantin davrida mamlakatimiz yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, uy sharoitida turli harakatli o‘yinlar, sport bilan shug‘ullanish, ma’naviyatlarini oshirish ularni kelajakdagi mustaqil hayotga tayyorlashdagi ustuvor maqsadlardan sanaladi. Shuningdek, kelajak vorislarining madaniy saviyasini yuksaltirish, kitobxonlikka qiziqish uyg‘otish, ijtimoiy faol hayotga jalb etish, ona yurtga muhabbat tuyg‘usini jonlantirish, tabiatni asrashga o‘rgatish, shaxsiy ijodkorligini rivojlantirish, atrofdagi voqea-hodisalar, jarayonlarga bo‘lgan shaxsiy munosabatlarini erkin ifodalash ko‘nikmasini shakllantirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2019 yil 19-martda o‘tkazilgan videoselektor majlisining 12-sonli bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning aprel, may oylarida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumta’lim maktablari o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida "5 tashabbus uyda” onlayn ko‘rik-tanlovi, "Mening tasavvurimdagi bog‘” mavzusida onlayn rasmlar tanlovi o‘tkazildi.
   Tanlovlar qisqa vaqt ichida yoshlar va ularning ota-onalari tomonidan iliq kutib olindi va tanlov, loyihalarga o‘quvchi-yoshlar tomonidan 2,5 mingdan ortiq ijodiy ishlar taqdim etildi. Shaffoflikni ta’minlash, yoshlar ijodkorligini rag‘batlantirish maqsadida, kelib tushgan ishlar xolis o‘rganib chiqildi va eng munosiblari ajratib olindi. Tanlov natijalari bo‘yicha 1-, 2-, 3-o‘rin sohiblari viloyat xalq ta’limi boshqarmasining diplomlari bilan taqdirlandi.

O'xshash yangiliklar