IMORATLAR ICHIDA ULUG'I

IMORATLAR ICHIDA ULUG'I

   O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim sifatini yanada oshirish, shaharlarning o‘ziga xos xususiyatlarini, shahar aholisining va zamonaviy shaharsozlikka qo‘yilayotgan talablarning yildan-yilga o‘sib borayotganligini inobatga olgan holda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, maktablardagi o‘quvchilar sonini belgilangan me’yorlarga moslashtirish, o‘qituvchilar salohiyatini oshirish va mehnatini rag‘batlantirish, o‘quvchi-yoshlarning sifatli ta’lim-tarbiya olishlari va xalqaro talablar asosida zamonaviy ilm-fan yutuqlarini egallashlarini ta’minlash uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash maqsadida Navoiy viloyatining tuman, shaharlarida ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, yangidan qurish ishlari jadallik bilan olib borilyapti.

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2020-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4565-sonli qaroriga asosan viloyatda 2020 yilgi Investisiya dasturi doirasida jami 7 ta umumta’lim maktablarida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilishi belgilab qo‘yilgan, bu boradagi ishlarni amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘ miqdori 24 462,2 mln.so‘mni tashkil etadi. Hozirgi kunda 6 ta umumta’lim maktablarida tender savdolari yakunlanib qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. 1 ta ob’ekt qayta tenderga berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 41-sonli Rayosati majlisi bayoniga asosan viloyatda 2020 yilgi qo‘shimcha Investisiya (Antikrizis) dasturi doirasida jami 10 ta (ajratilgan mablag‘ jami 30,014 mln.so‘m) umumta’lim maktablarida (6 ta rekonstruksiya va 4 ta mukammal ta’mirlash) qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilishi belgilab qo‘yilgan. Hozirgi kunda 9 ta ob’ektlarning ekspertiza xulosalari olinib, tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha e’longa berilgan va 1 ta ob’ektning loyiha ishlari yakunlanib ekspertizaga topshirilgan.

   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16-iyuldagi 14/1-244-sonli xati, Xalq ta’limi vazirligining 2019 yil 19-iyuldagi 240-sonli buyrug‘i hamda viloyat hokimining 2019 yil 27-iyuldagi F-52-sonli Farmoyishi bilan Navoiy viloyatidagi jami 13 ta kasb-hunar kollejlari xalq ta’limi boshqarmasi balansiga o‘tkazilgan. Bugungi kunda ulardan umumta’lim maktablari yoki ularning qo‘shimcha binolari sifatida foydalanilmoqda. Hozirda qurilayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan yoki kapital ta’mirlanayotgan barcha ob’ektlarda zamonaviy energotejamkor qurilish materiallaridan foydalanilmoqda. Jumladan: AKVA plast romlar, zamonaviy MDF eshiklar, laminat pollar, profnastil tomlar, energotejamkor LED (svetodiodli) lampalar, energiya tejovchi isitish qozonlari, alyuminiy AKVA isitish radiatorlari, polietilen quvurlar zamonaviy dizayn hamda sanitariya-gigiena talablari, qurilish standartlariga javob beradi.

Dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i bo‘lgan maktablar qurilishi va ta’mirini sifatli, o‘z vaqtida yakunlash ishlari mutasaddi tashkilotlar nazoratida.

 


O'xshash yangiliklar