RASMIY TAYINLOV

RASMIY TAYINLOV

 

   Ayni paytgacha Navoiy viloyati xalq ta'limi boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Qalandarov Jahongir G'iyosiddinovich O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig'i U.Tashkenbaevning 2020 yil 11 iyundagi 56-k-sonli buyrug'iga asosan inspeksiyaning Navoiy viloyat bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.
   J.Qalandarov xalq ta'limi tizimida faoliyat olib borgan davrda o'zining ishchan, bilimdon, layoqatli, dunyoqarashi keng va salohiyatli kadr ekanligini namoyish eta oldi. Davlat boshqaruvi sohasidagi bilimlari va tajribasi, shaxsiy sifatlari, insoniylik xislatlari orqali ko'pchilik e'tibori va rahbariyat ishonchini qozongan Jahongir       G'iyosiddinovichning viloyat xalq ta'limi sifatini yanada ko'tarishga astoydil harakat qilishiga ishonamiz.
Jahongir G'iyosiddinovich, Sizga bildirilgan ishonchni to'laqonli oqlab, viloyatda ta'lim berish madaniyati, farzandlarimiz saviyasi, ta'lim sifatini oshirishdek xayrli ishda omad tilab qolamiz.

O'xshash yangiliklar