PSIXOKORREKSIYA NIMA?...

PSIXOKORREKSIYA NIMA?...

   Ta’kidlanishicha, tarbiyaviy faoliyatning maqsadi, o‘quvchi (farzand) shaxsining rivojlanishini ta’minlab, tarbiyaviy jarayon ishtirokchisi sifatida unga aniq, bir mashg‘ulot (vazifa, faoliyat turi) bilan shug‘ullanishni, atrofdagilar va o‘ziga nisbatan maqbul munosabatda bo‘lish tarzini shakllantirishdan iborat. Bu o‘z navbatida tarbiyaviy faoliyatda ma’lum bir ijtimoiy-psixologik munosabatlar majmuasining amal qilishini taqozo etadi. Maktab psixologining faoliyati funksiyalarini inobatga olgan holda uni quyidagi ijtimoiy aloqadorlik tarzida ko‘rsatib o‘tish mumkinki, natija bevosita ibratli o‘quvchi shaxsini tarbiyalashga yo‘naltirilgandir: "Maktab (ijtimoiy institut sifatida) o Maktab psixologi (faoliyat sub’ekti sifatida) o O‘qituvchi (sinf rahbari, ta'lim beruvchi) o O‘quvchi o O‘quvchilar jamoasi o O‘quvchilarning ota-onalari o Pedagogik jamoa o Mahalla (ijtimoiy pedagog, tarbiyachi) + Tarbiyaviy faoliyat (maqsad, motiv, harakat) = Ibratli o‘quvchi shaxsi”.

   Tarbiyaviy faoliyatning natijasi ko‘rinishida u o‘quvchi shaxsida shakllangan yangi shaxsiy sifatlar ifodalanishi mumkinki, ularning muhimlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin:
• axloqiy me'yorlar, maishiy va ijtimoiy hayot tarzida amal qiluvchi qoidalarni o‘rganganligi;
• dunyoqarashning shakllanishi, anglangan hayotiy qadriyatlarni egallashga urinishlarning amalga oshirilishi;
• faollik ko‘rsatib, atrof-muhit va o‘ziga nisbatan e’tiborli bo‘lishining ifodalanganligi;
• mehr ko‘rsatish, hissiyotlarni namoyon etish tarzini egallash va ularni namoyon eta olish;
• bilim olish uchun mustaqil tarzda axborot texnologiyalaridan foydalana bilish;
• muloqotga kirishish va boshqalar bilan hamkorlikda faoliyat yurita olish;
• funksional savodli bo‘lib, maqsadga erishishni tashkil eta olish;
• kasb tanlashga tayyor turib, kasbiy muhit sharoitiga moslasha olish va boshqalar.
   Nazariy jihatdan psixokorreksiya maktabgacha ta’lim muassasalari va maktab tizimida bolani ob’ektiv reallikni idrok etishida tengqurlariga nisbatan o‘yin, turli mashqlarni bajarishida orqaga qolish holatlari kuzatilganda, aniqlangan nuqsonlarni tuzatishda qo‘llanilishi tavsiya etiladi. Psixokorreksiyaning maqsadini inobatga olib, uni uch guruhga ajratish mumkin. Bular o‘z navbatida maktab sharoitida amaliy psixologik yordam ko‘rsatish turini belgilash jarayoni samaradorligini ta’minlash uchun xizmat qiladi:
• maktab o‘quvchisini psixik rivojlanishini ta’minlovchi psixokorreksiya;
• maktab o‘quvchisining o‘yin, o‘quv va mehnat faoliyatida kuzatiladigan nuqsonlarini tuzatishga qaratilgan psixokorreksiya;
• oilaviy munosabatlarda kuzatilgan muammolarni tuzatishga (muloqot formasi, o‘zaro munosabatlar xarakteri va shunga o‘xshash) qaratilgan psixokorreksiya.
   Maktab sharoitida psixologik yordam ko‘rsatish amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, har bir mutaxassis psixokorreksiya o‘tkazishda sub’ektda kuzatilgan nuqsonlarni inobatga olgan, turli psixologik konsepsiyalarga tayangan holda psixokorreksiya o‘tkazishi lozim. Psixokorreksiyani amalga oshirishda psixodinamik, strukturali, regulyativ, sub’ektiv faoliyatli ilmiy ta’limotlar asosida tadbirlarni tashkil etishi lozim. Psixokorreksiya psixologik nuqsonning xarakteridan kelib chiqqan holda hamda nuqsonning ifodalanish dinamikasini inobatga olgan holda individual va guruhiy tarzda o‘tkazilishi ma’qul. Lekin bu jarayonda psixologik yordam oluvchilarning funksional holati bir xil darajada bo‘lishi shart. Maktab psixologlari o‘quvchilar bilan ishlashda yuqoridagi holatlarni hisobga olishlari shart. Ana shu jihatlarni o‘rganib chiqib, psixologlar o‘rtasida bolalar bilan ishlash darajasini aniqlash uchun O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi muassisligidagi "Yoshlarga ijtimoiy-psixologik xizmat ko‘rsatish markazi” NNT tomonidan "Yoshlar oyligi” doirasida respublika bo‘yicha o‘tkazilgan "Eng yaxshi psixologik videorolik” tanlovida Karmana tumanidagi 16-umumta’lim maktabning psixologi S.Jumayeva faxrli  3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ruhshunosning keyingi faoliyatida omad tilab qolamiz.


O'xshash yangiliklar