HUQUQ BILIMDONLARIMIZ RESPUBLIKADA BIRINCHI

HUQUQ BILIMDONLARIMIZ RESPUBLIKADA BIRINCHI

 Joriy yilning 18-19 mart kunlari Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi 319-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Huquq bilimdonlari” respublika ko'rik-tanlovi o'tkazildi. Tanlovning respublika bosqichida 14 ta jamoalar, ya'ni hududiy bosqichlarda faol ishtirok etib, g'oliblikni qo'lga kiritgan jami 70 nafar o'quvchilardan iborat jamoalar ishtirok etishdi.
Tanlovda Navoiy viloyati Karmana tumanining 6-umumiy o'rta ta'lim maktabi 9-sinf o'quvchisi Zayniddinova Aziza, 13-umumiy o'rta ta'lim maktabi 10-sinf o'quvchisi Yusupova Shoira, 13-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchisi Shaxriddinova Barchinoy, 14-umumiy o'rta ta'lim maktabi 8-sinf o'quvchisi Hamroev Farrux, 18-umumiy o'rta ta'lim maktabi 10-sinf o'quvchisi Usmonqulova Gulchehralardan iborat "Parvoz” jamoasi faol ishtirok etib, respublikada faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritishdi.
Tanlov yakunida tanlov g'oliblari va ishtirokchilariga vazirlik hamda hamkor tashkilotlarning diplomlari va esdalik sovg'alari topshirildi.
2018 yil 20 may kuni Viloyat xalq ta'limi boshqarmasi, Karmana tumani hokimligi va Karmana tumani Xalq ta'limi bo'limi tomonidan "Huquq bilimdonlari” respublika g'oliblari tantanali ravishda kutib olindi va o'quvchilarning ota-onalariga Karmana tumani hokimligining tashakkurnomalari taqdim etildi.
 
 
VXTB metodisti M.Sharipova

O'xshash yangiliklar