DUNYODA ENG KATTA BOYLIK-YOSHLIKDA OLGAN BILIMDIR

DUNYODA ENG KATTA BOYLIK-YOSHLIKDA OLGAN BILIMDIR

"Qadrdon maktabimiz bag'rida o'qib-o'rganib, doimo izlanib, yangilikka, taraqqiyot cho'qqilarini egallashga intilib yashaymiz”
Bugungi yoshlar mustaqil O'zbekistonning kelajagi, poydevori, tayanchi va suyanchi hisoblanadi. zero, bugungi kun barkamol avlodlari qanchalik ma'naviy jihatdan barkamol, etuk, salohiyatli insonlar bo'lib voyaga etsalar, ularning har birida or-nomus, milliy g'urur ruhi keng shakllanib borsa, ko'zlangan yuksak taraqqiyot sari, shu qadar komilu ishonch bilan ilgarilab boraveramiz, ularning millat, xalqning kamoloti uning oltinu kumushlari, duru javohirlari bilan emas, balki uning olimu fuzalolari, donishmandlari va albatta, fidokor, sadoqatli, bilimli, kuchli farzandlari bilan baholanishiga xizmat qiladi.
Navoiy viloyatining ta'lim muassasalarida tantanali saflanish tadbiri dasturini tuzishda Xalq ta'limi vazirining 2018 yil 16 maydagi "Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida 2017-2018 o'quv yilini yakunlash va "Qadrdon maktabimiz bag'rida o'qib-o'rganib, doimo izlanib, yangilikka, taraqqiyot cho'qqilarini egallashga intilib yashaymiz” tadbirlarini o'tkazish to'g'risida”gi 125-sonli buyrug'i asosida ishlab chiqilgan tavsiyaga ijodiy yondashgan holda samarali tashkil qilindi.
Umumiy o'rta ta'lim maktablarida saflanish tadbirlarida
152955 nafar o'quvchilar ishtirok etgan bo'lsa, tadbirda 11618 nafar ota-onalar va ularning o'rnini bosuvchi shaxslarning ishtiroki kuzatildi.
Shuningdek, Xalq ta'limi vazirligining tavsiyasida belgilanganidek, 50-60 daqiqaga mo'ljallangan tadbir mahalla fuqarolar yig'inlari, ota-onalar, huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda va sanitariya-gigiena, yong'in va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda o'tkazilib, yil davomida to'garaklarda o'quvchilar yaratgan buyumlar, devoriy gazeta, tuman (shahar), viloyat hamda respublika ko'rik-tanlovi, fan va sport musobaqalarida maktab jamoasi, o'quvchilar egallagan sovrinlardan iborat ko'rgazmalar tashkil etildi.
Maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga o'rnak bo'layotgan o'quvchilarning ota-onalari ma'naviy rag'batlantirildi.
Jumladan, Navoiy shahridagi 11-davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktabi rahbari G. Djumaniyozova so'zga chiqib 2017-2018 o'quv yili davomida a'lo baholarga o'qigan viloyat va Respublika miqiyosida o'tkazilgan ko'rik-tanlovlarda sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritgan o'quvchilar va ularning ota-onalarini tabriklab, Muhtaram yurtboshimiz tashabbusi bilan joriy etilayotgan 11 yillik umumiy o'rta ta'lim tizimining mazmun-mohiyati va yangi o'quv yilidan boshlab boshlang'ich sinflarda haftasiga 5 kunlik o'qish jarayoniga o'tilishini yoshlar ongida Vatanga muhabbat, keksa avlod vakillariga hurmat, tinchlik va osoyishtalikka daxldorlik tuyg'ularini kuchaytirish kerakligi to'g'risida o'quvchilar va ularning ota-onalari, mahalla va keng jamoatchilik vakillariga tushunchalar berdi.
Umumiy o'rta ta'lim maktablarida ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari so'zga chiqib, o'quvchilar va ularning ota-onalariga yozgi ta'til kunlarida o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini samarali va mazmunli tashkil qilish maqsadida ularni ijodiy va sport to'garaklari hamda dam olish oromgohlariga jalb etishni, ta'til kunlarida amal qilinishi lozim bo'lgan texnika va boshqa xavfsizlik qoidalari, xususan, yoz mavsumida suv havzalarida cho'milish, yo'l harakati qoidalariga qat'iy amal qilish, yovvoyi va uy hayvonlari bilan muomalada ehtiyotkor bo'lish yuzasidan tushunchalarni berdi.
Shundan so'ng, mazkur maktabning 9-R sinf o'quvchisi Z.Bozorboev so'zga chiqib, o'zlariga bildirilgan yuksak ishonchni oqlash maqsadida kelgusida qaysi kasb-hunarni egallab, davlatimiz va jamiyatimiz taraqqiyotiga qanday hissa qo'shishi lozimligi, orzu-istaklari orqali o'qituvchilariga o'z minnatdorchiliklarini bildirdi.
Shuningdek, tadbir yakunida ta'lim muassasa rahbarlari o'quvchilarga sinfdan-sinfga ko'chirish bosqichli nazorat imtihonlariga va 9-sinf o'quvchilariga yakuniy davlat attestasiya imtihonida, qolgan sinflarga nazorat imtihonlarida muvaffaqiyatli topshirishga omad tilab tadbirni yakunladi.
Viloyatimizning barcha ta'lim muassasalarida tadbir namunali tashkil qilinib, 2017-2018 o'quv yilida yutuqlarga erishgan, innovasion g'oyalar muallifi bo'lgan o'quvchilar taqdirlandi. Yozgi ta'tilni o'quvchilar to'g'ri tashkil etishlari uchun umumiy o'rta ta'lim muassasalarida 2017-2018 o'quv yilini yakunlash tadbirlari ayni muddao bo'ldi. O'quvchilarimizga yozgi ta'tilni maroqli dam olishlarini tilab qolamiz!

QUDRATOVA MADINA,
viloyat xalq ta'limi boshqarmasi
metodisti, matbuot xizmat xodimi

O'xshash yangiliklar