ABITURIYENTLARGA TAVSIYA

ABITURIYENTLARGA TAVSIYA

   ABITURIYENTLARGA TAVSIYADavlat test markazi tomonidan xalq ta'limi, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi hamda oliy ta'lim tizimlarining malakali mutaxassislari ishtirokida Oliy ta'lim muassasalari bakalavriatiga 2018 yilda qabul test sinovlarini o'tkazish uchun fan mazmuni tarkibi va abiturientlar tayyorgarligi darajasiga qo'yiladigan talablar kodifikatori va Oliy ta'lim muassasalari bakalavriatiga 2018 yilda qabul test sinovini o'tkazish uchun umumta'lim fanlaridan test topshiriqlari tafsiloti ishlab chiqildi, deb xabar bermoqda markaz axborot xizmati.

Abiturientlar tayyorgarlik darajasiga qo'yiladigan talablar, test topshiriqlari mazmuni va variantlar tuzilishi Davlat ta'lim standartlari hamda tegishli ta'limni boshqaruv organlari tomonidan tavsiya etilgan darslik va o'quv qo'llanmalar asosida tuzilgan.

Test topshiriqlari variantlariga, oliy ta'lim muassasalariga kirish test sinovlarida test topshiriqlariga qo'yiladigan talablar haqida tushunchaga ega bo'lish uchun abiturientlarga qiziqtirgan fanning mazmuni tarkibi va tayyorgarlik darajasiga qo'yiladigan talablar kodifikatori, test topshiriqlari tafsilotlari bilan tanishib chiqish tavsiya etildi.

Test topshiriqlarini echishda abiturientlar savollarda aynan nima so'ralayotganini aniq tushunib olishlari kerak. Test topshiriqlariga javob berishda abiturientlar har bir berilgan javobni chuqur tahlil qilib, xulosa asosida to'g'ri javobni tanlashlari zarur.

"Bugungi kunda oliy o'quv yurtiga kirish uchun tayyorgarlik ko'rayotgan abiturientlar e'tiborini umumta'lim fanlaridan ayrim test topshiriqlarini echishga doir bir necha uslubiy tavsiyalarga qaratmoqchimiz”, - deyiladi DTM
 
dtm.uz
 

O'xshash yangiliklar