XORIJIY TILLAR

XORIJIY TILLAR

   Xalq ta'limi vazirligining 2011 yil 4-iyuldagi "Uzluksiz metodik xizmat ko'rsatish tizimini takomillashtirish to'g'risida” gi 144-sonli buyrug'i, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi "Chet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-1875-sonli qarori, viloyat xalq ta'limi boshqarmasining 2019 yil ish rejasi VI-band topshiriqlar ijrosihamda xalq ta'limi boshqarmasining 2019 yil 25 apreldagi "Umumta'lim maktablarida xorijiy tillar bo'yicha fan oyligini tashkil etish va o'tkazish to'g'risida”gi 75-sonli buyruq ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 15 may kuni Navoiy shahridagi Alisher Navoiy nomidagi ona tili va adabiyot faniga ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida "Xorijiy til o'qituvchilarning kasbiy kompetentligini takomillashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida viloyat miqyosidagi o'quv-amaliy seminar tashkil etildi.
Yoshlarbilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san'at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o'qishga qiziqishini oshirish bo'yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish mexanizmi asosida ko'rgazmalar namoyishi va o'quvchilarning sahna ko'rinishlari hamda barchao'qituvchilar O'zbekiston Havo yo'llariga sayohat uyushtirishlari shaklida tashkil etilishi orqali seminar o'z ishini boshladi.
Shuningdek, ingliz tili fani o'qituvchilari M.Halilova, Sh.Nortojieva, H.Xo'jamova, Z.Sattorova va informatika fani o'qituvchisi O.Husenovning ochiq darslari orqali o'quvchilarning ingliz tili faniga bo'lgan qiziqishlarini orttirish va bilimini oshirish, fikrlashni o'rgatish, tafakkurini shakllantirish hamda maktabning faollar zalida tashkil etilgan sahna ko'rinishlariorqali mehmon o'qituvchilar qalbida muhim joy egalladi. Seminar so'ngida seminarda faol ishtirok etgan fan o'qituvchilarining ish tajribalari bosqichma-bosqich ommalashtirishga tavsiya etildi.
 
 
G.Sag'dullayeva VXTB metodisti

O'xshash yangiliklar