BIZ BUYUK YURT FARZANDLARIMIZ

BIZ BUYUK YURT FARZANDLARIMIZ

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi PQ-3031-son qarori bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sport yanada rivojlantirish dasturida hamda Xalq talimi vazirligining 2017 yilga mo'ljallangan ish rejasida belgilangan vazifalarni bajarish, umumiy o'rta talim maktablari sport zallari va maydonchalaridan samarali foydalanish, jismoniy tarbiya va sport harakatini rivojlantirish, o'quvchilar o'rtasida do'stona aloqalarni yanada ko'chaytirish, shuningdek, Xalq ta'limi vazirligining 2017 yil 8 avgustdagi 253-sonli buyrug'i ijrosini taminlash maqsadida 2018 yilning 28-29 may kunlari tasdiqlangan jadval asosida joylarda viloyat xalq talimi boshqarmasi tizimidagi umumiy o'rta ta'lim maktablarining yuqori sinf o'quvchilari o'rtasida "Yoshlik sport jamoalari” sport musobaqalari "Biz buyuk Vatan farzandlarimiz” shiori ostida tashkil etildi.
Musobaqalar tasdiqlangan jadval asosida joriy yilning 28 may kuni sportning futbol(8-10 sinflar), voleybol (o'smirlar), basketbol (o'smirlar), qo'l to'pi (o'smirlar), stol tennisi sport turlari va 29 may kuni futbol (5-7 sinflar), voleybol(qizlar), basketbol(qizlar), qo'l to'pi (qizlar), badminton sport turlari bo'yicha musobaqalar o'tkazilishi belgilandi.
Joriy yilning 28 may kuni Navoiy shahridagi "Yoshlar” sport majmuasining futbol maydonida sportning futbol turi bo'yicha musobaqalarda 8 ta tuman(shahar) jamoalaridan 120 nafar o'quvchilar ishtirok etib, ulardan Uchquduq tuman jamoasi I o'rinni, Xatirchi tuman jamoasi II o'rinni, Navbahor tuman jamoasi III o'rinni egallashdi.
Sportning stol tennisi turi bo'yicha 10-sonli maktabda umumta'lim maktablarining yuqori sinf jamoalari o'rtasida "Yoshlik sport jamoalari” sport musobaqasi o'tkazildi. I o'rinni Navoiy shahar jamoasi, II o'rinni Qiziltepa tuman jamoasi, III o'rinni Navbahor tuman jamoasi egallashdi.
Shu kuni qo'l to'pi(o'smirlar) sport turi bo'yicha musobaqalar 12-sonli umumta'lim maktabida o'tkazildi. I o'rinni Navbahor tuman jamoasi, II o'rinni Navoiy shahar jamoasi, III o'rinni Qiziltepa tuman jamoasi egallashdi.
Basketbol (o'smirlar) sport turi bo'yicha musobaqalar 13-sonli maktabda o'tkazildi. I o'rinni Navoiy shahar jamoasi, II o'rinni Karmana tuman jamoasi, III o'rinni Xatirchi tuman jamoasi egallashdi.
Voleybol(o'smirlar) sport turi bo'yicha musobaqalar 16-DIUM sport zalida o'tkazilib, musobaqada 9 ta jamoadan 81 nafar o'quvchilar ishtirok etishdi. I o'rinni Navbahor tuman jamoasi, II o'rinni Konimex tuman jamoasi, III o'rinni Zarafshon shahar jamoasi egallashdi.
Joriy yilning 29 may kuni futbol turi bo'yicha 5-7 sinflar o'rtasida musobaqalar bo'lib, unda tuman(shahar) jamoalardan o'quvchilar ishtirok etib, Nurota tuman jamoasi I o'rinni, Navbahor tuman jamoasi II o'rinni, Konimex tuman jamoasi III o'rinni egallashdi.
Badminton sport turi bo'yicha 16-sonli DIUMda musobaqalar o'tkazilib, I o'rinni Karmana tuman jamoasi, II o'rinni Navoiy shahar jamoasi, III o'rinni Navbahor tuman jamoasi, qo'l to'pi (qizlar) sport turi bo'yicha musobaqalar 12-sonli umumta'lim maktabining sport zalida o'tkazilib, I o'rinni Xatirchi tuman jamoasi, II o'rinni Karmana tuman jamoasi, III o'rinni Navbahor tuman jamoasi egallashdi.
Basketbol (qizlar) sport turi bo'yicha musobaqalar 6-sonli maktabda o'tkazildi. I o'rinni Navoiy shahar jamoasi, II o'rinni Xatirchi tuman jamoasi, III o'rinni Navbahor tuman jamoasi egallashdi.
Voleybol(qizlar) sport turi bo'yicha musobaqalar 8-sonli maktabning sport zalida o'tkazildi. Musobaqada I o'rinni Navbahor tuman jamoasi, II o'rinni Xatirchi tuman jamoasi, III o'rinni Navoiy shahar jamoasi egallashdi.
Musobaqa g'oliblari diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.


"Yoshlik” JTSJ VMB
raisi o'rinbosari N.Ochilov

O'xshash yangiliklar