"SHAXMAT OLAMI" AN'ANAVIY SPORT MUSOBAQASI

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 25 noyabrdagi 119-sonli yig'ilishi bayoniga muvofiq "Shaxmat olami” an'anaviy sport musobaqasini tashkil etish va o'tkazish tartibi musobaqa Nizomi asosida belgilangan. Yoshlarni ommaviy sportga jalb etish, ular o'rtasida sport musobaqalarini o'tkazish, jumladan shaxmat sport turi bo'yicha umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilari o'rtasida uch toifada (5-6, 7-8 va 9-10 sinflar) musobaqani uch bosqichda (tuman va shahar, viloyat, respublika bosqichlari) tizimli o'tkazish maqsadida o'tkaziladi. Musobaqani o'tkazishdan maqsad sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, sportning shaxmat turini ommalashtirish, yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular o'rtasida o'zaro madaniy-sport aloqalarini yo'lga qo'yish hamda yoshlarni sport musobaqalariga ommaviy ravishda jalb qilish hamda sport musobaqalarini o'tkazish orqali o'sib kelayotgan yoshlarni huquqbuzarlik va salbiy illatlarga qarshi kurashish ruhiyatida tarbiyalashdan iborat. Navoiy shahridagi 6-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida 2018 yil 23 may kuni "Shaxmat olami” musobaqasining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi. Musobaqaga Navoiy shahar, Karmana, Navbahor, Qiziltepa, Nurota va Konimex tumanlarida jami 36 nafar o'g'il va qizlar ishtirok etishdi.
Musobaqa natijalariga ko'ra;
5-6 sinf o'g'il bolalar o'rtasida 1-o'rinni Karmana tuman 14-sonli umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchisi Ikromov Asliddin,
5-6 sinf qizlar o'rtasida 1-o'rinni Karmana tuman 3-sonli umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchisi Baxronova Nasiba,
7-8 sinf o'g'il bolalar o'rtasida 1-o'rinni Navoiy shahar 16-sonli umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchisi Zayniev Sanjar,
7-8 sinf qizlar o'rtasida 1-o'rinni Navbahor tuman 3-sonli umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchisi Hayrieva Ma'suma,
9-10 sinf o'g'il bolalar o'rtasida 1-o'rinni Navoiy shahar 16-sonli umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchisi Toshboltaev Jo'rabek,
9-10 sinf qizlar o'rtasida 1-o'rinni Karmana tuman 14-sonli umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchisi O'ktamova Maftunalar hamda umum jamoa hisobida
1-o'rinni Karmana tuman jamoasi, 2-o'rinni Nurota tuman jamoasi, 3-o'rini Navoiy shahar jamoalari egallashdi. G'oliblarga viloyat sport boshqarmasining diplom va medallari topshirildi. Yakka tartibda g'olib bo'lgan o'quvchilar respublika bosqichida ishtirok etish yo'llanmasiga ega bo'ldilar.



O'zbekiston "Yoshlik” JTSJ
rais o'rinbosari N.Ochilov

O'xshash yangiliklar