MA'RIFAT BOG'I

MA'RIFAT BOG'I

O'tgan haftada viloyatimizda 1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bir qator bayramona tadbirlar bo'lib o'tdi. Maktabgacha ta'lim muassasalari, "Barkamol avlod" ijodiyot markazlarida bolalar ertaliklari, turli yoshdagi o'g'il-qizlar ishtirokida festivallar, konsert dasturlari va tanlovlar o'tkazildi. Davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan kam ta'minlangan oilalarga ko'maklashish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlashga yo'naltirilgan loyihalar amalga oshirildi.
 Karmana tumanidagi "Mir Said Bahrom" mahallasida "Yangi avlod" ko'ngilochar bog'ining ish boshlagani tuman bolajonlari uchun bir umr esda qoladigan quvonchli voqea bo'ldi. Bog'ning ochilish marosimida viloyat hokimi K. Tursunov ishtirok etib, tadbir qatnashchiarini zamonaviy va yangi istirohat maskani bilan samimiy qutladi.
 Aholining sermazmun va maroqli dam olishi, bolalar¬ning bo'sh vaqtlarini ko'ngilli o'tkazishini ta'minlash maqsadida "Naveko" mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 3,5 milliard so'm evaziga bunyod etilgan ushbu maskanda 15 ta attraksiondan tashqari shinamgina kafe, yosh iste'dod egalari uchun amfiteatr, yozning jazirama issiq kunlari taftini bosuvchi, sayilgohga ko'rk bag'ishlab turgan favvora o'rin olgan.
  — Avvallari bolalar bilan maroqli hordiq chiqarish uchun tumanimizda ko'ngilochar bog'i mavjud emas edi, — deydi tumandagi "Arabxona" mahallasidan tan-tanali marosimga kelgan Sh. Saidova. — Ushbu bog' zamonaviy attraksionlari bilan farzandlarimga juda ma'qul bo'ldi. Yozgi ta'til boshlanishi bilan ishga tushgan mazkur ko'rkam maskan farzandlarimizga munosib tuhfa bo'lib, bu erda dam olish, ovqatlanish uchun ham sharoitlarning yaratilganligi bolalar va ota-onalar uchun yana bir qulaylikdir.
 Shu kuni Navoiy shahrida O'zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashining tashabbusi va viloyat hokimligi ko'magida tashkil etilgan "Ma'rifat bog'i" ham tantana-li ravishda ochildi.
 Qariyb bir gektarlik bog' tadbirkor va faol yoshlar mehnati bilan ko'rkam maskanga aylandi. Mazkur ma'naviyat xiyoboniga 2 milliard so'm mablag' evaziga rangli favvora, kitob monumenti hamda yozgi amfiteatr barpo etildi. Yo'laklar bo'ylab maxsus o'rindiq va ayvonlar tiklanib, atrofda ijodiy o'ziga xos muhit yaratildi.
 Muhtasham "Ma'rifat bog'i"ni ochish uchun ramziy tugma bosilga¬ni¬da yo'lak bo'ylab otilgan mushaklar barcha mehmonlarga zavq ulashdi.
 Tantanada viloyat hokimi K.Tursunov so'zga chiqib, mazkur bog' barcha navoiyliklarning, ayniqsa, yoshlarning eng sevimli maskaniga aylanishi, ularning mutolaa madaniyatini oshirish va bo'sh vaqtlaO'tgan haftada viloyatimizda 1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bir qator bayramona tadbirlar bo'lib o'tdi. Maktabgacha ta'lim muassasalari, "Barkamol avlod" ijodiyot markazlarida bolalar ertaliklari, turli yoshdagi o'g'il-qizlar ishtirokida festivallar, konsert dasturlari va tanlovlar o'tkazildi. Davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan kam ta'minlangan oilalarga ko'maklashish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlashga yo'naltirilgan loyihalar amalga oshirildi.
 Karmana tumanidagi "Mir Said Bahrom" mahallasida "Yangi avlod" ko'ngilochar bog'ining ish boshlagani tuman bolajonlari uchun bir umr esda qoladigan quvonchli voqea bo'ldi. Bog'ning ochilish marosimida viloyat hokimi K. Tursunov ishtirok etib, tadbir qatnashchilarini zamonaviy va yangi istirohat maskani bilan samimiy qutladi.
Aholining sermazmun va maroq¬li dam olishi, bolalar¬ning bo'sh vaqtlarini ko'ngilli o'tkazishini ta'minlash maqsadida "Naveko" mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 3,5 milliard so'm eva¬ziga bunyod etilgan ushbu maskanda 15 ta attraksiondan tashqari shinamgina kafe, yosh iste'dod egalari uchun amfiteatr, yozning jazirama issiq kunlari taftini bosuvchi, sayilgohga ko'rk bag'ishlab turgan favvora o'rin olgan.
— Avvallari bolalar bilan maroqli hordiq chiqarish uchun tumanimizda ko'ngilochar bog'i mavjud emas edi, — deydi tumandagi "Arabxona" mahallasidan tan-tanali marosimga kelgan Sh. Saidova. — Ushbu bog' zamonaviy attraksionlari bilan farzandlarimga juda ma'qul bo'ldi. Yozgi ta'til boshlanishi bilan ishga tushgan mazkur ko'rkam maskan farzandlarimizga mu¬nosib tuhfa bo'lib, bu erda dam olish, ovqatlanish uchun ham sharoitlarning yaratilganligi bolalar va ota-onalar uchun yana bir qulaylikdir.
 Shu kuni Navoiy shahrida O'zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashining tashabbusi va viloyat hokimligi ko'magida tashkil etilgan "Ma'rifat bog'i" ham tantanali ravishda ochildi.
 Qariyb bir gektarlik bog' tadbirkor va faol yoshlar mehnati bilan ko'rkam maskanga aylandi. Mazkur ma'naviyat xiyoboniga 2 milliard so'm mablag' evaziga rangli favvora, kitob monumenti hamda yozgi amfiteatr barpo etildi. Yo'laklar bo'ylab maxsus o'rindiq va ayvonlar tiklanib, atrofda ijodiy o'ziga xos muhit yaratildi.
Muhtasham "Ma'rifat bog'i"ni ochish uchun ramziy tugma bosilganida yo'lak bo'ylab otilgan mushaklar barcha mehmonlarga zavq ulashdi.
 Tantanada viloyat hokimi K.Tursunov so'zga chiqib, mazkur bog' barcha navoiyliklarning, ayniqsa, yoshlarning eng sevimli maskaniga aylanishi, ularning mutolaa madaniyatini oshirish va bo'sh vaqtlaridan mazmunli foydalanishiga xizmat qilishini ta'kidladi. Asosiysi, yoshlar uchun bunday ko'rkam go'shalarning bunyod etilishi yuksak e'tibor va rag'bat namunasidir.
 — O'zbekiston yoshlari dunyoning eng baxtli farzandlaridir, — deydi faol yoshlardan biri, Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi L. Qayumov. — Boisi, davlatimiz rahbari tomonidan biz uchun barcha imkoniyat va sharoitlar yaratib berilmoqda. Mazkur bog' ham tengdoshlarimiz uchun yana bir qulaylik namunasidir. Ayniqsa, bu go'sha ostonasidan mutolaa zavqi va madaniyatini oshirishga undovchi muhit va omillar namoyon bo'la boshlaydi.
Tadbir doirasida jajji bolajonlar uchun "Baxtli bolalik" loyihasi o'tkazildi. Yoshlar ishtirokidagi ijodiy jamoalarning kuy-qo'shiqlari barchani raqsga chorladi.
 Tantanali marosim davomida bayram munosabati bilan imkoniyati cheklangan, ehtiyojmand oilalar farzandlariga sovg'alar ulashildi. Shuningdek, joriy yil may oyida Urganch shahrida o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari o'quvchilari o'rtasida bo'lib o'tgan "Yosh qutqaruvchi" musobaqalari respublika bosqichida ikkinchi o'rin sohibi bo'lgan viloyatimiz yoshlari tantanali ravishda taqdirlandilar.ridan mazmunli foydalanishiga xizmat qilishini ta'kidladi. Asosiysi, yoshlar uchun bunday ko'rkam go'shalarning bunyod etilishi yuksak e'tibor va rag'bat namunasidir.
 — O'zbekiston yoshlari dunyoning eng baxtli farzandlaridir, — deydi faol yoshlardan biri, Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi L. Qayumov. — Boisi, davlatimiz rahbari tomonidan biz uchun barcha imkoniyat va sharoitlar yaratib berilmoqda. Mazkur bog' ham tengdoshlarimiz uchun yana bir qulaylik namunasidir. Ayniqsa, bu go'sha ostonasidan mutolaa zavqi va madaniyatini oshirishga undovchi muhit va omillar namoyon bo'la boshlaydi.
 Tadbir doirasida jajji bolajonlar uchun "Baxtli bolalik" loyihasi o'tkazildi. Yoshlar ishtrokidagi ijodiy jamoalarning kuy-qo'shiqlari barchani raqsga chorladi.
 Tantanali marosim davomida bayram munosabati bilan imkoniyati cheklangan, ehtiyojmand oilalar farzandlariga sovg'alar ulashildi. Shuningdek, joriy yil may oyida Urganch shahrida o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari o'quvchilari o'rtasida bo'lib o'tgan "Yosh qutqaruvchi" musobaqalari respublika bosqichida ikkinchi o'rin sohibi bo'lgan viloyatimiz yoshlari tantanali ravishda taqdirlandilar. 

O'xshash yangiliklar