MEHNAT VA SAMARA

MEHNAT VA SAMARA

"Nimani eksak, shuni o'rasan ” naqli xalqimizni azaldan sitqi dildan mehnatga chorlagan. Bugungi kunda Navoiy viloyatida O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan 2018 yil 6 yanvardagi 6-sonli buyrug'i asosida barcha tuman, shaharlarda aniq. tabiiy, gumanitar va filologiya fanlaridan "Tayanch maktablari”ning tashkil etilishi ta'lim tizimida faoliyat ko'rsatib kelayotgan o'qituvchilarning pedagogik qobiliyatlarini va bugungi kundagi talabchan bolajonlarga bilim berishdagi mahoratlarini oshirishdek dolzarb masalani ko'tarib chiqqan edi. 2018 yilning yanvar oyidan tashkil etilgan o'quvlarda viloyatimizdan 6147 nafar o'qituvchilar jalb qilingan bo'lib ularga 97 ta umumta'lim maktablarda "Tayanch maktablar” tashkil etilgan va 239 ta ilg'or trener o'qituvchilar tomonidan yangi pedagogik texnologiyalar asosida, o'z fanlarining sir-asrorlarini chuqur egallashga, shuningdek egallagan bilimlarini bolajonlarga etkazib berishda innovasion metod va usullar yuzasidan tavsiyalar berishdi. Olti oy davom etgan bu o'quvlar albatta o'z samarasini berishi muqarrardir. 2018 yil mamlakatimizning barcha hududlarida 4 iyundan 14 iyungacha "Tayanch maktablar” tinglovchilari egallagan bilimlari yuzasidan onlayn-test sinovlaridan o'tkazilmoqda. Bu sinov natijalari nafaqat fan o'qituvchilarining ko'rsatkichlari, balki mamlakatimizda yosh avlodning ta'lim tarbiyasi uchun bel bog'lagan pedagoglarimizning saviyasi, kasbiy mahoratidan dalolat beradi. Mahoratli pedagoglarimizning mehnati samarasi esa etishib kelayotgan yosh avlodning bilimi va ma'naviyatida yaqqol namoyon bo'ladi.
 

VXTB rus tili metodisti G.Kenjaeva 

O'xshash yangiliklar