BILIM VA IQTIDOR NAMOYISHI

BILIM VA IQTIDOR NAMOYISHI

    Prezidentimizning ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo'lga qo'yish bo'yicha 5 ta muhim tashabbuslari pedagog xodimlar zimmasiga ham mas'uliyatli vazifalar yukladi.
Bugungi globallashuv jarayonlari rivojlanib borayotgan davrda o'sib kelayotgan yosh avlodni o'z mustaqil fikriga ega bo'lgan, ma'nan sog'lom komil inson etib voyaga etkazishda maktabdagi ta'lim-tarbiya ishlarining roli katta, albatta. Viloyatimiz xalq ta'limi muassasalari o'qituvchilari ham pedagogik faoliyatlarini ushbu 5 ta muhim tashabbusning yo'nalishlari asosida tashkil etmoqda. 22-may kuni Navoiy shahridagi 3-maktabda tashkil etilgan "Innovasion ixtirolar tilga kirsa” loyihasi ham ana shu ishlar sirasiga kiradi. Ko'rik-tanlovi davlatimiz rahbarining tashabbuslarining birinchi va ikkinchi yo'nalishlarida ko'zda tutilgan masalalarga bag'ishlandi. Tanlov madaniyat va san'at sohasida iste'dodini namoyon etgan, axborot texnologiyalari bo'yicha bilimdonlik qobiliyatlarini ko'rsata olgan, kitob mutolaasida bilimdon va zukko bo'lgan o'quvchilarni aniqlash va rag'batlantirish maqsadida o'tkazildi. Ishtirokchilar ingliz, nemis va fransuz tillarida tanlov shartlarida o'z bilim va iqtidorini namoyish etishdi. Ko'tarinki ruhda bo'lib o'tgan bu bellashuvda ingliz tili fanidan Karmana tumani 2-maktab 11-sinf o'quvchisi Sh. Fayziev, nemis tili fanidan Qiziltepa tumani 6-maktab 8-sinf o'quvchisi A. Nasullaev, fransuz tili fanidan Qiziltepa tumani 23-maktabi 10-sinf o'quvchisi M. Raxmatulloev faxrli 1-o'ringa sazovor bo'ldilar.

G'oliblarga viloyat xalq ta'limi boshqarmasi tomonidan diplomlar taqdim etildi.
Gulmira SAG'DULLAEVA

O'xshash yangiliklar