FARZANDLAR SALOMATLIGI MUHIM

FARZANDLAR SALOMATLIGI MUHIM

   Shu kunlarda viloyatdagi umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish va an’anaviy tartibda o‘quv yilini boshlash masalasi xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida alohida masala sifatida ko‘rib chiqilmoqda. Bunda asosiy e’tibor o‘quvchilar sog‘ligi, ularning gigiyenik himoyasiga qaratilmoqda. Yosh avlod har qanday mamlakatning bebaho, oltin milliy fondi hisoblanadi. Ana shu jihatlarni bugunning eng dolzarb, kechiktirib bo‘lmaydigan masalasi, ijtimoiy muhim faktor sifatida qaralib, viloyatdagi 365 ta umumta’lim maktablariga birlamchi zaruriy gigiyenik, himoya vositalari yetkazib berilmoqda.
   Xalq ta’limi boshqarmasi zaruriy sanitariya vositalari, antiseptik va pirometrlarni umumta’lim maktablariga an’anaviy tartibda dars mashg‘ulotlarida ishtirok etuvchi o‘quvchilar soniga qarab to‘g‘ri taqsimlashga diqqat qaratmoqda. Bugungi kungacha barcha umumta’lim muassasalari ixtiyoriga 20 000 litr antiseptik, 610 dona pirometr, 100 000 dona tibbiy niqoblar yetkazib berildi. Bu ishlar farzandlarimizning xavfsiz ta’lim olishlari uchun xizmat qiladi.

O'xshash yangiliklar