O'QUVCHILAR UCHUN TEST SINOVLARI

O'QUVCHILAR UCHUN TEST SINOVLARI

 
   Bugun Navoiy viloyatidagi mavjud 17 ta ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari va maktab-internatlariga qabul uchun 5-7-sinf o‘quvchilari o‘rtasida test jarayonlari boshlandi.
   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining tegishli buyrug‘iga muvofiq, Navoiy shahridagi sig‘imi katta bo‘lgan "Kimyogar” stadionida, shuningdek Zarafshon shahridagi 2-umumta’lim maktabida, Uchquduq shahrida stadionda va Tomdi tumanida tabiiy fanlarga ixtisoslashgan maktab-internatda karantin talablariga jiddiy rioya qilingan tartibda test sinovlari tashkillashtiriladi.
   Jarayonning xolis, oshkora va shaffof o‘tkazilishi uchun barcha tayyorgarlik ishlari ko‘rilgan. Test sinovlarida ishtirok etuvchi o‘quvchilar ro‘yxati shakllantirilib, ular guruhlarga bo‘lingan holda sinovlarga jalb etiladi.

O'xshash yangiliklar