YANGI O‘ZBEKISTONNI BIRGALIKDA QURAMIZ

YANGI O‘ZBEKISTONNI BIRGALIKDA QURAMIZ

   Muhtaram yurtboshimiz joriy yilning 30 sentabr kuni 1 oktabr – "O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan soha xodimlariga yo‘llagan murojaatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida so‘zlagan nutqlarida muhim masalalar qatorida Yoshlar huquqlari bo‘yicha xalqaro konvensiyani qabul qilishga oid O‘zbekiston tashabbusiga yana bir bor jahon hamjamiyatining e’tiborini qaratganliklarini ta’kidlagan edilar. Bunda o‘ziga xos sharqona hikmat, donishmandlikning belgisi borligini barchamiz his etmoqdamiz. Zero, yoshlarning barkamol bo‘lib voyaga yetishlari, chuqur bilimga ega bo‘lib, yurt ertasi uchun bor kuch va imkoniyatlari, bilimlarini ishga solishlari bugun ularga berilayotgan bilimning sifatiga bevosita bog‘liq. 
   Prezidentimizning yuqorida qayd etilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 7-oktabr kuni Navoiy viloyati hokimi, senator K.Tursunov Navbahor tumani Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 4- va 7-umumta’lim maktablarida "Yangi O‘zbekistonni maktab ostonasidan boshlaymiz!" shiori ostida o‘quvchi yoshlar bilan suhbat o‘tkazdi. Suhbat asnosida viloyat rahbari maktab o‘quvchilarida ertangi kunimizga daxldorlik hissi, zamonaviy bilimlardan xabardorlik darajasi qanday ekanligi bilan ham qiziqdi. Maktablardagi mavjud sharoit, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikning borishi bilan ham yaqindan tanishdi.
   Maktabga ilk marotaba kelgan o‘quvchilarning taassurotlari ham cheksiz. Ular viloyat rahbarining o‘z qo‘lidan "Prezident sovg‘a”sini olishga musharraf bo‘lishdi. Viloyat hokimi K.Tursunov jajji bolajonlarga o‘qishlarida muvaffaqiyatlar tilab, maktabni bitirgach viloyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etishlariga ishonch bildirdi. Tashrif doirasida o‘quvchilarga kitob jamlanmalari ham sovg‘a qilindi.

O'xshash yangiliklar