JAMOATCHILIK NAZORATI-DAVR TALABI

JAMOATCHILIK NAZORATI-DAVR TALABI

Muhtaram yurtboshimizning xalq ta'limi sohasida nazoratni kuchaytirish, bu borada jamoatchilikning rolini oshirish to'g'risidagi topshiriqlari Navoiy viloyati xalq ta'limi sohasida dasturilamal sifatida qabul qilindi. 2020 yilning 10 oktabr kuni viloyat xalq ta'limi boshqarmasi tashabbusi bilan Navoiy shahridagi A.Navoiy nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida Navoiy shahri, Karmana, Navbahor tumanlari umumta'lim maktablarning Kuzatuv kengashlari raislari ishtirokida davra suhbati o'tkazildi. Unda yig'ilganlarga Xalq ta'limi vazirligining 2018 yil 26 dekabrdagi "Umumiy o'rta ta'lim muassasasining Kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy nizomni tasdiqlash to'g'risida”gi buyrug'i muhokama qilindi.
Umumta'lim maktablari moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, boshqaruvni takomillashtirish, ta'lim sifatini oshirish borasida Kuzatuv kengashlari katta ahamiyat kasb etishi, ularning vakolatlari, maqsad va vazifalari to'g'risida viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi boshlig'i N.Ulug'berdiev ma'lumoti tinglandi. Mamlakatimizda xalq ta'limi sohasidagi izchil islohotlarning natijasi o'laroq, Navoiy viloyatida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Ta'limning takomillashuvi natijasida viloyat yoshlari xorijiy tengdoshlari bilan bemalol bellasha olish quvvatiga ega bo'lishmoqda. Ota-onalar, jamoatchilik umumta'lim muassasalari faoliyatini kuzatishi, kezi kelganda rahbariyatning ishlari to'g'risida xolis va haqqoniy xulosa bildirishi mumkin.
Yig'ilishda bo'lib o'tgan muhokamalar jarayonida kengashlarning raislari va ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan tushgan savollarga xalq ta'limi mutasaddilari batafsil javob berishdi. Tadbir ochiq, oshkora, muhokamalarga boy tarzda o'tdi.

O'xshash yangiliklar