TA'LIM SOHASIDA HAMKORLIK

TA'LIM SOHASIDA HAMKORLIK

Mamlakatimizda ta'lim sifatini oshirish, bu borada ilg'or xorijiy davlatlar bilan yaqin hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan amaliy ishlar boshlab yuborildi. Bugungi kunda respublikamiz umumta'lim maktablarida rus tili fanining hamda boshqa fanlarning rus tilida olib borilishini tizimli yo'lga qo'yish va ikki tomonlama metod almashish maqsadida Rossiya davlati Gersen nomidagi pedagogika universiteti bilan 2020-2030 yillarga mo'ljallangan hamkorlik loyihasining 1-bosqichi boshlandi. Unda Rossiya Federasiyasidan mamlakatimizga tashrif buyurgan 32 nafar mutaxassis va metodistlar o'z ishlarini respublikamizning barcha viloyatlarida 10 oktabrdan boshlab 3 oy davomida amalga oshirishi ko'zda tutilgan. Navoiy viloyatiga tashrif buyurgan 2 nafar mutaxassisni shahardagi 7-umumta'lim maktabida kutib olish marosimi o'tkazildi. Ular milliy urf-odatlarimizga muvofiq iliq kutib olindi va shu erning o'zida ommaviy axborot vositalari vakillari, jamoatchilik hamda shahrimizdagi umumta'lim maktablari o'qituvchilari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.
Rossiyalik mutaxassislar o'z taassurotlari va tashrifdan kutilayotgan maqsad to'g'risida yig'ilganlarga so'zlab berishdi. O'zbekistonning mehmondo'st xalqi va yig'ilganlarga munosib hurmat uchun tashakkur izhor etishdi, berilgan savollarga vazifalaridan kelib chiqib, javob berishdi. Ikki mamlakat o'rtasidagi ta'lim bo'yicha hamkorlik kutilgan natijalarni beradi.

O'xshash yangiliklar