INSON KAPITALI – TAFAKKUR KALITI

INSON KAPITALI – TAFAKKUR KALITI

   Odamzot o‘z tafakkur qudrati bilan dunyoni o‘zgartirishga qodir. Dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari yaratayotgan mo‘jizalar olamni lol qoldirayotgani ham aql kuchining namoyishi, aslida. Mamlakatimizda inson kapitalini oshirish, xalqaro reytingda davlatimizning to‘laqonli ishtirokini ta’minlash borasida muhim qadamlar qo‘yilmoqda. 2019-yilning 25-26-noyabr kunlari Bosh vazir o‘rinbosarining 2019-yil 3-oktabrdagi 14/1-104-75-sonli topshirig‘iga muvofiq, "Inson kapitali indeksi-2019” reytingida O‘zbekiston Respublikasining to‘laqonli a’zo sifatida e’tirof etilishini ta’minlash maqsadida umumta’lim muassasalarining 5-sinf o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etilayotgan tadqiqotning asosiy sinov jarayoni viloyatning Qiziltepa (7-,15-maktablar), Xatirchi (78-maktab) tumanlari va Navoiy shahri (8-maktab)dagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashkil etildi. Ushbu jarayon Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi mutaxassisi Ochilov Abduraxmon rahbarligida tashkil etilib, namunali o‘tkazilgan edi.
  Joriy yilning 19-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda xalqaro ekspertlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan vebinarda olingan natijalar e’lon qilindi, reyting yakunlariga ko‘ra Navoiy viloyati 80,3 % natija ko‘rsatib Respublikada ikkinchi o‘rinni egalladi.

O'xshash yangiliklar