G'OLIBLAR TAQDIRLANDI

G'OLIBLAR TAQDIRLANDI

   Oktabr oyi boshida Coursera ta'lim platformasida kurslarda faol ishtirok etib, xalqaro  sertifikatlar ega bo‘lgan o’qituvchi va yuqori sinf o‘quvchilarining 15 nafar g'olib sifatida taqdirlangan edi.
   Bu safar g'oliblar Coursera ta'lim platformasidagi xalqaro darajadagi kurslarda faol ishtirok etayotganlar — o'qib tamomlagan sertifikatlar soni, kurslarining qiyinlik darajasi, darslarda 100 foiz qatnashganligi bo’yicha 50 nafari zamonaviy notebooklar bilan taqdirlandi.
Hozirgi kunga qadar Хalq ta’limi tizimining 13 mingga yaqin o‘qituvchi va o‘quvchilar Coursera’dan ro‘yxatdan o‘tib, ular jami 60 mingga yaqin kurslarni o‘qishdi, 130 ming soatlik 250 mingga yaqin darslarda qatnashishdi.
Respublika kesimida Navoiy viloyatidan – 14 nafar, Sirdaryo viloyatidan 5, Buxoro, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahridan 4 nafar va boshqa viloyatlardan g’oliblar taqdirlandilar.

O'xshash yangiliklar