TILGA E'TIBOR – ELGA E'TIBOR

TILGA E'TIBOR – ELGA E'TIBOR


Til – insoniyat ulug‘ tafakkurining mahsuli, ma’naviyatning o‘q ildizi. Bu ne’mat insoniyatga ato qilinmaganida taraqqiyot ham balki bu qadar yuksak bo‘lmas edi. Til ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat a’zolari va davlatlar o‘rtasidagi muloqotni amalga oshirish vositasi. Murosa quroli, bitimlar kaliti.
Bugun mamlakatimiz bo‘ylab o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga 31 yil to‘lishi munosabati bilan yirik tadbirlar, katta anjumanlar boְ‘lib o‘tmoqda. Navoiy shahrida joylashgan A.Navoiy nomi bilan ataluvchi istirohat bog‘idagi buyuk shoirga o‘rnatilgan haykal qoshida viloyatning ta’lim muassasalari, tashkilot, korxona, mehnat jamoalari vakillari yig‘ilib, karantin qoidalariga rioya etgan holda o‘zbek tili taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan ijodkor xotirasiga ehtirom ko‘rsatdi. Musiqa sadolari ostida ulug‘ zot ruhiga hurmat bajo keltirilib, gulchambarlar qo‘yildi. Tadbirda viloyat hokimi K.Tursunov boshchiligida viloyat hokimligi mutasaddilari ham ishtirok etdi. Tadbirning tantanali qismi muhtasham "Farhod” madaniyat saroyida davom ettirildi. Viloyatimiz san’atkorlari ijrosidagi sehrli navolar, mumtoz kuy-qo‘shiqlar barchaga manzur bo‘ldi.

O'xshash yangiliklar